159
darajadagi .su domeni ro‘yxatga olindi. Buning natijasida sobiq Sovet
Ittifoqi butun dunyo internet foydalanuvchilariga ko‘rina boshladi.
Rossiya Federatsiyasi Internet tarmog‘iga 1993 yilda ulandi.
1994 yilda InterNIC da .ru rus domeni ro‘yxatga olindi. Shu
vaqtdan boshlab Internet tarmog‘ining Rossiya Federatsiyada mavjudligi
xalqaro darajada tasdiqlandi.
1995 yilda .uz domeni ro‘yxatga olindi, lekin kompyuter
tarmoqlari (birinchi navbatda Fidonet) O‘zbekistonda undan oldin
yaratilgan. Uznetda rus tili keng tarqalgani Uznetni Runetga “qisman
ulash” imkonini beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida – O‘zbek
Vikipediyasi. Ko‘pincha Uznet atamasida Tas-IX trafik almashinuv
tarmog‘i tushuniladi, chunki ko‘pgina provayderlarda o‘z abonentlari
uchun Tas-IX ichidagi resurslarga kirish bepuldir.
Hisob - kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari
soni 2007 yilda 1 million atrofida bo‘lgan, 2009 yilda 2,1 million, 2011
yilda 7,5 million. 2015 yilda esa axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra
Internet foydalanuvchilari soni 12 milliondan ortdi.
Nazorat uchun savollar:
1. Internet tarixi haqida tushuncha bering?
2. Global kompyuter tarmoqlarini qurilish hususiyatlari.
3. Tipik global kompyuter tarmog‘i strukturasi va uning tarkibi.
4. Global kompyuter tarmoqlarining qanday xillarini bilasiz?
5. Kompyuter tarmoqlarining tarixi haqida ma’lumot bering?
6. USENET qanday tarmoq va unga qachon asos solingan?