-rasm. Nomlarning domen tizimi




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

 
4.2.2-rasm. Nomlarning domen tizimi 
Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bogʻlanib, qidirayotgan 
resurs manzilini oladi va uni sizning kompʻyuteringizga uzatadi. Siz 
internetga ulanganingizda, kompʻyuteringizga IP manzil deb ataluvchi 


163 
son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil 
doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda kompʻyuteringizga shu 
manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga 
ulanganda, u o`zgarib turadi.
Dinamik IP manzil olish uchun sizning kompʻyuteringiz tarmoqqa 
yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi. 
DHCP – Dynamic Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning 
dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga 
sizning kompʻyuteringiz haqida identifikatsion ma`lumotlar shu 
jumladan kompʻyuter nomi joylashgan bo`ladi. Bu xabar tarmoq orqali 
DHCP serveriga yetib boradi. DHCP serveri bo`sh IP manzillar 
ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa kompʻyuterlarga bermaslik uchun 
vaqtinchalik band qilib qo`yadi.
DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni 
jo`natadi. Unda sizning kompʻyuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil 
hamda DHCP serverining ham manzili bo`ladi. Sizning kompʻyuteringiz 
DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni qabul qilish haqida 
serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda sizning kompʻyuteringiz 
hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining roziligini bildiradi.
Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z 
takliflari bilan chiqadilar. Sizning kompʻyuteringiz bu takliflarning
faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi. DHCP qidiruvi DHCP 
serveriga yetgach, server kompʻyuteringizga DHCP paketini yuboradi va 
ushbu IP manzilining sizning kompʻyuteringizga ijaraga beradi. 
SHundan keyin kompʻyuteringizning IP manzilga ega bo`ladi va 
internetga ulanishi mumkin.
Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP 
manzilni 
bo`sh 
manzillar 
ro`yxatidan 
chiqarib 
tashlaydi 
va 
kompʻyuteringizning IP manzilini ro`yxatga oladi. Kompʻyuteringiz 
Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil 
yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi. 
Host tizimlar orasida bogʻlanish maxsus kommutatsiyalovchi 
qurilmalar – marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar toʻplami 
yordamida amalga oshiriladi. Marshrutizator oʻzining kirish aloqa 
kanalidan birida uzatilayotgan maʻlumotlar porsiyasini qabul qiladi va 
uni oʻzining chiqish aloqa kanallaridan biriga yoʻnaltiradi. Paketlar – 
uzatilayotgan maʻlumotlar porsiyasi. Paket oʻtadigan aloqa kanallari va 
marshrutizatorlar ketma-ketligi – marshrut yoki paketning tarmoqdagi 


164 
yoʻlidir. Paketning yoʻli avvaldan maʻlum emas va u bevosita uzatish 
jarayonida aniqlanadi. 
Oxirgi qurilmalarni Internetga kirishi Internet xizmatlarini yetkazib 
beruvchilar yoki Internet-provayderlar orqali amalga oshiriladi. Internet-
provayderlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
-marshrutizatorlar va aloqa liniyalari tarmogʻini taqdim etadi va 
oxirgi qurilmalarni tarmoqqa turli usulda ulanish imkoniyatlarini taklif 
etadi, masalan -Dial-up, raqamli AL yordamida keng polosali ulanish, 
lokal tarmoq orqali yuqori tezlikli kirish, simsiz kirish; 
-Web-saytlar tarmogʻiga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) ulanish. 
Mahalliy Internet-provayderlar milliy va xalqaro zvenolar 
provayderlariga ulanishadi. (4.2.3-rasm.) 
Magistral operatorlari ulkan territoriyalarda (mamlakat, kontinent) 
magistralaloqa kanallariga ega boʻlishadi. Regional operatorlar bitta 
regionda (viloyat, oʻlka, shtat) xizmatlarni taqdim etadi. Lokal 
operatorlar shahar chegarasida xizmatlarni taqdim etadi. 
Har bir Internet-provayder maʻmuriy birlik boʻlib, IP protokoli 
boʻyicha maʻlumotlarngi uzatadi va Internetda qabul qilingan ismlar va 
manzillar boʻyicha kelishuvlarga rioya qiladi. Hostlar, marshrutizatorlar 
va Internetning boshqa komponentlari tarmoq ichida axborotni qabul 
qilish va uzatishni boshqarish uchun protokollardan foydalanishadi. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish