• TCP/IP protokoli
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Tarmoq protokollari – manzillash, yoʻnaltirish, xatoliklarni 
    tekshirish va qayta uzatish soʻrovlarini boshqaradi. Ularni koʻp 
    ishlatiladiganlari quyidagilar:
    − IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/ IP – 
    protokoli;
    − IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va 
    yoʻnaltirish uchun moʻljallangan Net Ware firma protokoli;
    − NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
    − Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda 
    uzatish va Net BIOS ilovasi.
    Shuni aytib oʻtish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar 
    yuqorida koʻrsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar.
    Masalan, baʻzi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining 
    vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning baʻzi vazifalarini 
    bajaradi. Bu hol turli firma protokollarini koʻpincha oʻzaro mos 
    tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar oʻzi tuzgan protokol 
    toʻplamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu holda 
    tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq 
    operatsion tizimini «firma» qilish mumkin, yaʻni ochiq standart OSI 
    modeli bilan oʻzaro mos tushmaslikka olib keladi. 
    TCP/IP protokoli 
    TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet 
    Protocol) bugungi kunda eng koʻp tarqalgan va fundamentaldir. U har 
    qanday oʻlchamdagi mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari 
    protokollardan Internet global tarmogʻida ishlash imkonini beruvchi 
    yagona protokoldir. 
    TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi koʻp 
    protokollar kiradi, lekin oʻz nomini u ikkita TCP va IP protokollar 
    nomidan olgan. 


    182 
    TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP 
    protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni 
    boshqarish uchun xizmat qiladi.
    IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan 
    iborat boʻlgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport 
    protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP. 
    TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart 
    protokollaridan 
    foydalangani 
    uchun 
    uni 
    har 
    qanday 
    tarmoq 
    texnologiyasi 
    qullanganda 
    va 
    har 
    qanday 
    operatsion 
    tizimli 
    kompʻyuterlarda ishlatish mumkin boʻladi. 
    Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun 
    loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda 
    moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni 
    boʻlgani uchun ham aloqa kanalining sifati eʻtiborga olinmasa ham, 
    axborot albatta oʻz manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi 
    uchun ham turli segmentli tarmoqlar oʻrtasida ham axborot uzatish 
    mumkin boʻladi. TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, 
    tarmoqda maʻmurlashtirish murakkablashadi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish