180
Internet tarmogʻi turli
qoidalar (protokollar) boʻyicha
ishlaydigan
tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun
shlyuzlar
(maxsus kompyuterlar) qoʻllanadi.
Umumiy maʻlum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda
ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan
nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning
oddiy protokoli), port 80 - HTTP protokoli.
Bir necha standart protokollar toʻplami (ularni yana steklar deb
atashadi) mavjud, ular juda koʻp tarqalgan:
− ISO/OSI protokollar toʻplami;
− IBM System NetWork Architecture (SNA);
− Digital DECnet;
− Novell
Net Ware;
− Apple, apple Talk;
− Internet global tarmoq protokollar toʻplami, TCP/IP.
Bu roʻyxatga global tarmoqni kiritilganligi tushunarli, chunki OSI
modeli har qanday ochiq tizimda ishlatiladi.
Sanab oʻtilgan protokol toʻplamlari uchta asosiy turga boʻlinadi:
−
amaliy protokollar (OSI
modeli amaliy, prezentatsion va aloqa
vaqtini boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi);
−
transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini
boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);
−
tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastki bosqichlar
vazifalarini bajaradi).
Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular oʻrtasidagi
axborot almashinuvini taʻminlaydi. Ularning koʻp ishlatiladigani va
taniqliligi quyidagilardir:
− FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga
bogʻlanish OSI protokoli;
− X.400 – elektron pochtalarni halqaro almashish uchun CCITT
protokoli;
− X.500 – bir necha tizimda fayl
va katalog xizmati CCITT
protokoli;
− SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta
almashinuvi uchun Internet global
tarmoq protokoli;
− FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet
global tarmoq protokoli;
181
− SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq
monitoringi, tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
− Telnet – Internet global tarmoq protokoli,
u uzoqdagi hostlarni
qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
− Microsoft SMBs (Server Message Blocks, serverni xabar berish
bloklari) va mijoz qobigʻi yoki Microsoft redirektorlari;
− NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobigʻi yoki
Novell redirektorlari.