• 4.3. Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti. Protokollar 4.3.1. Internet xizmatlari
  • Telnet
  • Elektron pochta (E-mail)
  • Faks-servis
  • -rasm. FTTx tarmoqlarini qurish varianti




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     
    4.2.11-rasm. FTTx tarmoqlarini qurish varianti. 
    4.2.12-rasm. FTTH bo‘yicha internetga ulanish. 


    176 
    OLT, optik/elektrik o‘zgartirishni taqdim etadi va internetga 
    internet-provayder marshrutizatori orqali ulanadi. ONTga ulangan 
    abonentlar uy marshrutizatorlariga ulanadi va uy marshrutizatori orqali 
    Internetga ulanish imkoniga ega bo‘ladi. PON arxitekturasida OLT dan 
    splitter orqali jo‘natilgan barcha paketlar, splitter orqali qaytariladi
    [8]. 
     
     
    Nazorat savollari 
     
    1. Tarmoq osti nima (subnet)? 
    2. Host nima? 
    3. IP-adres nima? 
    4. IP-adresning maksimal soni qancha? 
    5. Domen tizim nomi (DNS)nima ? 
    6. Marshrutizatorning vazifasi nima? 
    7. Paket deganda nima tushuniladi? 
    8. Tarmoqqa ulanish usullarini tushuntiring 
    9. Rezident ulanish nima? 
    10. Korporativ ulanish nima?
    11. Mobil ulanish nima? 
    12. Rezident ulanish turlarini keltiring 
    13. Korporativ ulanish usullarini keltiring 
    14. Dial-up orqali ulanish turlarini keltiring 
    15. xDSL orqali ulanish turlarini keltiring 
    16. HFC polosasi foydalanuvchilar orasida ajratilgan yoki 
    taqsimlangan resurslar hisoblanadimi? 
    17. HFC qabul qiladigan kanalda paketlar to‘qnashishi mumkinmi? 
    18. DSL polosasi foydalanuvchilar orasida ajratilgan yoki 
    taqsimlangan resurslar hisoblanadimi? 
    19. DSL va HFC liniyalari qanday ulanish turiga kiradi, shu liniyalar 
    bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi qanday? 
    20. xDSL modemi funksiyasi 
    21. DSLAM funksiyasi 


    177 
    §
    4.3. Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti. 
    Protokollar 
    4.3.1. Internet xizmatlari 
    Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati 
    koʻrsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari 
    nihoyatda koʻp va xilma-xil boʻlib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo 
    boʻlib, baʻzilari yoʻqolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish 
    mumkin: 
    - WWW - elektron sahifa xizmati; 
    - elektron pochta xizmati; 
    - telekonferensiya (Usenet); 
    - fayllarni uzatish (FTP); 
    - DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati; 
    Telnet xizmati; 
    - IRC - xizmati yoki Chat konferesiya; 
    - Maʻlumotlarni izlash xizmati. 
    − Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish 
    rejimi, yaʻni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi oʻziniki 
    kabi, ishlash imkonini beradi.
    − FTP (File Transfer Protocol)–abonentga tarmoqdagi istagan 
    kompyutyerda matnli va ikkilik fayllar bilan oʻzaro muloqot qilishga 
    sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter 
    fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash 
    uchun (oʻqish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni 
    bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan 
    taqdirda ham FTP-sistemasi oʻzining tezkorligi va foydalanishdagi 
    oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi boʻlib qolmoqda.
    − Usenet - tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar 
    doskasini olish. Bu sistema maʻlum bir mavzu boʻyicha guruhlarga 
    boʻlingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi oʻzini 
    qiziqtirgan mavzuni koʻrsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va 
    oʻzinikini yaratishi mumkin. Yangi xujatlar guruhining barcha aʻzolariga 
    yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin. 
    − Elektron pochta (E-mail) - eng koʻp tarqalgan internet xizmati 
    boʻlib, istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan oʻzaro 
    muloqotda boʻlib turishini taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli 


    178 
    xususiyatlari shuki, xabar manzilatga bir necha minut davomida yetib 
    boradi.
    − Whais - internetning manzil kitobi. Uning yordami bilan abonet 
    oʻzoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni 
    olishi mumkin.
    Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi 
    xizmatlaridan tashqari, internet baʻzi bir oʻziga xos xizmat turlarini ham 
    taqdim qilishi mumkin, masalan:
    − Faks-servis – tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga 
    faksimal aloqa orqali xabarlar joʻnatish imkonini beradi.
    − Elektron tarjimon – oʻziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi 
    tilga tarjima qilib beradi. Unda elektron tarjimonga murojaat etish 
    elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
    − Shlyuzlar - abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan 
    tarmoqda xabarlarni joʻnatish imkonini beradi.
    Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va 
    tarmoq maʻlumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish 
    sistemalariga quyidagilar kiradi: 
    − Gopher - kalit soʻz va jumlalar boʻyicha axborotlarni topishga 
    yordam beruvchi Internet tarmogʻidagi eng koʻp tarqalgan axborot 
    qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni koʻrib chiqish xuddi 
    windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning 
    «daraxti» kabi koʻrinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi. 
    Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan: 
    iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q. Keyingi daraja menyulari 
    tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini boʻlaklar (detallar) 
    ajratadi. Daraxt boʻyicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat 
    hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi. 
    − WAIS – Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv 
    vositasi. U kalit soʻzlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga 
    oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida 
    yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga qaraganda ancha yengil 
    hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional foydalanuvchilar 
    eʻtiborini oʻziga koʻproq jalb etadi. 
    Internetda eng ommabop va bir meʻyorda rivojlangan xizmat 
    turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari 
    almashuvi uchun ilgaridan oʻylab topilgan. Hozir esa, koʻpchilik 
    odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer 
    sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin boʻlgan butunlay boshqa 


    179 
    sayt yoki kompyutyerdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola 
    qilinadigan belgilash soʻzlari (buyruqlari) oʻrnatilgan global giper matn 
    sistemasi. Gipermatn gʻoyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi 
    informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion 
    yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. 
    Bu gʻoyani amalga oshirishda toʻrtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
    – HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
    – URL (Universal Resource Locator) manzillashning unvercal 
    usuli.
    – HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–
    Hyper Text Transfer Protocol). 
    – SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal 
    interfeysi. 
    Bu vositalar kitobning navbatdagi boʻlimlarida koʻrib chiqiladi.
    Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli 
    evolyusion oʻzgarishlar boʻladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning 
    extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan boʻladi. Kelajakda 
    internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. 
    Qarorlar qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish, odamlar oʻrtasidagi 
    muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va 
    boshqalar. 
    Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar 
    tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi 
    qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va 
    boshqalar. Ular global tarmoqni oʻzlarining xususiy intellektual 
    imkoniyatlariga qoʻshimchadek qaraydilar.
    Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga boʻladigan talab va 
    talabgorlar sonining toʻxtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. 
    Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam 
    tashlab boʻlmaydi, inson faoliyatining xohlagan sohasida qoʻyilgan 
    maqsadga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet 
    xizmatlaridan potensial foydalanuvchi boʻlib boramiz. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. FTTx tarmoqlarini qurish varianti

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish