183
NetBIOS oʻtgan asrning 80-yillarida yaratilgan boʻlib lekin tez
orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface)
protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha kompʻyuteri boʻlgan
tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini
yaratildi.
Kompʻyuterlar oʻrtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun,
ulardan har biri mantiqiy nomga bogʻlanishi zarur. Kompʻyuterlarni
tarmoqqa ulashda dinamik ravishda har bir kompʻyuterga mantiqiy nom
beriladi. Nomlar jadvali tarmoqdagi har bir kompʻyuterga tarqatiladi.
Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash qoʻllaniladi, bu esa
axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini yaratadi.
Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va
resurslarga boʻlgan kam talabidir. Agarda katta boʻlmagan bir
segmentdan iborat tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish
talab etilsa, u holda bu protokoldan yaxshisi topilmaydi. Undan tashqari
xabarlarni yetkazish uchun oʻrnatilgan bogʻlanishlar zarur talab emas:
protokolda bogʻlanish boʻlmagan holda datagramma usuli qoʻllanilib,
xabar joʻnatuvchining va qabul qiluvchining manzili bilan taʻminlanadi
va «yoʻlga joʻnatiladi».
Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud boʻlib, u
paketni yoʻnaltirish tushunchasidan toʻliq mahrumdir, shuning uchun uni
murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas.
SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning
ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa
vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish orqaligina
fayllarga bogʻlanish mumkin, yaʻni printer va tarmoqning boshqa
resurslariga. Bu protocol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning
uchun uni Microsoft Vista, Windows 7 va Windows 10 zamonaviy
operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. SMB protokoli universal va
u har qanday transport protokoli bilan juftlikda ishlashi mumkin,
masalan, TCP/IP va SPX.