• POP3 va SMTP protokoli
  • IMAP protokoli
  • -rasm. SNMP protokoli administrativ aloqasi




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     
    4.3.1-rasm. SNMP protokoli administrativ aloqasi 
     
    FTP protokoli 
    FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli 
    fayllar bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va 
    transport protokoli sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy 
    vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP – 
    protokoli buyruqlar toʻplamidan iborat boʻlib, axborotlarni uzatish va 
    ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli 
    portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – 
    portlar ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi – 
    buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik boʻlishi mumkin. 
    FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash 
    mexanizmi yoʻqligidir. Bu esa bosh trafikka ega boʻlib, uning 
    yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – 
    serverga ulanish parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf 
    etish uchun parallel ravishda SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa 
    axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi. 
    POP3 va SMTP protokoli 
    Maʻlumotlar bilan almashishning elektron pochta usulidan 
    foydalanish anchadan beri oddiy pochta xizmatiga alternativ boʻlib 
    xizmat qiladi. Elektron pochta ancha samarali va tezdir. Bu xizmatni 
    amalga oshirish POP3 (Post Office Protocol Version3) va SMTP 
    (Simple Mail Transfer Protocol) sharofati evaziga amalga oshiriladi. 


    186 
    POP3 protokoli amaliy bosqichda ishlaydi va pochta serveridagi 
    pochta qutisidan elektron maʻlumotlarni olish uchun ishlatiladi. POP3 
    protokoli faqat elektron xabarlarni qabul qilishi mumkin, ularni joʻnatish 
    uchun esa boshqa protokoldan foydalanishga toʻgʻri keladi, koʻpincha 
    bu vazifa uchun SMTP qoʻllaniladi. Aniqrogʻi u protokolning 
    takomillashtirilgan versiyasi – ESMTP (Extended SMTP)/POP3 kabi 
    SMTP protokoli ham amaliy bosqichda ishlaydi, shuning uchun 
    transport protokol xizmati zarurdir, bu vazifani esa TCP protokoli 
    bajaradi. Elektron maʻlumotlarni joʻnatishda ham portlardan birini 
    ishlatishga toʻgʻri keladi, masalan, 25-port. 
    IMAP protokoli 
    IMAP (Interactive Mail Access Protocol) – yana bitta pochta 
    protokoli boʻlib, u POP3 asosida yaratilgandir. Natijada POP3 
    protokolidagi hamma kamchiliklar hisobga olinib va yangi koʻp sonli 
    kerakli vazifalar qoʻshilgan. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. SNMP protokoli administrativ aloqasi

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish