189
Maʻqul yoʻnalish tanlashning yuqorida aytib oʻtilgan misolida,
boshlanish
tugunidan
to
oxirgi
tugungacha
boʻlgan
marshrutizatorlarning butun ketma-ketligi emas, faqat keyingi
(yaqinidagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq
marshrutlash taqsimlangan tuzilma boʻyicha bajariladi, xar bir
marshrutizator yoʻnalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin,
butun yoʻnalish esa, ushbu paket oʻtgan xamma marshrutizator ishining
natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir
qadamli deyiladi.
Bunga qarama-qarshi koʻp qadamli yondoshish xam mavjud. Bu
manbadan (Source Routing) marshrutlash deyiladi. Bunga muvofiq,
tugun - manba tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali oʻtadigan
xamma oraliq marshrutizatorlari haqida toʻla yoʻnalish berilgan. Koʻp
qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash jadvalini qurish va
taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning oʻtishini
tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan toʻldiriladi, lekin bunda
oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu tuzilma hisoblash
tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan
juda kam qoʻllaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida klassik
bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga
xam ruhsat beriladi.
Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab
uchta sinfga boʻlinadi:
- fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi;
- oddiy marshrutlash algoritmi;
- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi.