-rasm. IPv4 paket formati




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

 
4.3.5-rasm. IPv4 paket formati 
Fragmentli siljitish maydoni mazkur fragmentning tarmoqlararo 
deytagrammadagi oʻrnini koʻrsatadi. Birinchi fragment nolga teng 
siljishga ega. Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan 
paketlarni tarmoqdan bartaraf etish uchun sarlavhadagi yashash vaqti 
maydonida paket tarmoqda mavjud boʻlishi lozim boʻlgan vaqt 
koʻrsatiladi. 
Ushbu vaqt qiymati paketning tarmoq boʻylab qurilmalardan oʻtishi 
sayin kamayib boradi. U tamom boʻlganida, joʻnatuvchi tegishli ICMP-
xabar bilan xabardor qilingan holda, paket yoʻq qilinadi. Bunday chora 
tarmoqni siklik marshrutlardan va haddan tashqari ish bilan yuklashdan 
himoya qiladi. «Yashash vaqti» soniyalarda — koʻpi bilan 255 soniya 
(taxminan 4,3 daqiqa) etib beriladi. 
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath 
(ICMP — 1, IGMP — 2, TCP — 6, UDP — 17) protokolini aniqlaydi. 
Sarlavhaning nazorat yigʻindisi maydoni (Header Checksum). Paketning 
manzil (manzil) qismi buzib koʻrsatilish ehtimolini kamaytirish va uning 
natijasi — uning aynan manzilga yuborilmasligi (va yoʻqolishi) ning 
oldini olish uchun, sarlavha paketi 2 bayt oʻrin egallaydigan va butun 
sarlavha boʻylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi — nazorat 
yigʻindisi 
bilan 
yuboriladi. 
Sarlavhada 
boʻlgan 
IP-manzillar 
(joʻnatuvchining IP-manzili (Source Address) qabul qilib oluvchining 
IP-manzili (Destination Address) tarmoq obyektlari — soʻnggi 
koʻrsatma va marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik identifikatorlari 
boʻlib xizmat qiladi. IP ning yordamchi koʻrsatkichlari maydoni (IP 


199 
optsiyalari) (Options) — qoʻshimcha xizmatlar bor yoki yoʻqligini 
aniqlaydi. Oʻzgaruvchan uzunlikka ega va tarmoqlararo deytagrammada 
boʻlishi va boʻlmasligi mumkin. Toʻldiruvchi maydon (Padding) 
sarlavhani 32-razryadli chegaraga moslashtirish (toʻgʻrilash) uchun 
qoʻllaniladi. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish