Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Qoʻshimcha 
optsiyalar
IP-sarlavhalar 
optsiyalari 
kodlashtirilishining oʻzgartirilishi paketlarni qayta manzillashtirilishini 
yengillashtirish imkonini beradi. Optsiyalar uzunligiga boʻlgan 
cheklovlarni kamaytiradi va kelajakda qoʻshimcha optsiyalar kiritilishini 
yanada ochiqroq qiladi. Maʻlumotlar oqimlariga belgilar qoʻyish 
imkoniyati. Muayyan transport oqimlariga tegishli boʻlgan, ular uchun 
joʻnatuvchi qayta ishlashning muayyan tartibini soʻragan paketlarga 
belgi qoʻyish imkoniyati, masalan, TOS (xizmatlar turi) ning nostandart 
turi yoki maʻlumotlarga vaqtning real tizimida qayta ishlash joriy 
qilindi. Xususiy almashishlarni identifikatsiyalash va himoyalash. IPv6 
da maʻlumotlarning yaxlitligini va istalganda xususiy maʻlumotni 
himoyalash 
uchun 
tarmoq 
obyektlarida 
yoki 
subyektlarida 
identifikatsiyalash tasnifi joriy qilingan. 
IPv6 paketlar formati 4.3.6-rasmda IPv6 sarlavhasining formati aks 
ettirilgan. 


202 
 
4.3.6- rasm. IPv6 paketining formati. 
«Versiya» maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kodi 
raqami. Ustuvorlikning 4 bitlik «Ustuvorlik» maydoni IPv6 sarlavhasida 
joʻnatuvchiga 
paketlarni 
yetkazishning 
nisbiy 
ustuvorligini 
identifikatsiyalash imkonini beradi. Ustuvorliklarning qiymatlari ikki 
diapazonga boʻlinadi. 0 dan 7 gacha kodlar trafik ustuvorligini berish 
uchun foydalaniladi. U uchun joʻnatuvchi ortiqcha yuklanish ustidan 
nazoratni amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha yuklanish signaliga 
javoban TSR oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha boʻlgan qiymatlar 
trafik ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha 
yuklanish signaliga javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. 
Misol uchun, doimiy (turgʻun) chastota bilan yuboriladigan «real vaqt» 
paketlari holida. 
«Oqim belgisi» — oqim belgisining 24 bitlik kod maydoni IPv6 
sarlavhasida 
joʻnatuvchi 
tomonidan 
paketlarni 
ajratish 
uchun 
foydalanilishi mumkin. Ular uchun marshrutlashtiruvchida maxsus qayta 
ishlash talab etilmaydi. Misol uchun, nostandart QoS yoki «real-time» 
xizmati kabi. Maʻlumotlar oʻlchami — belgisiz 16 bitlik son. Oʻzida 
maʻlumotlar maydonining oktetlardagi uzunlik kodini tashiydi va u 
paket sarlavhasidan soʻng keladi. Agar kod 0 ga teng boʻlsa, u holda 
maʻlumotlar maydoni uzunligi jumboq maʻlumotlar maydonida yozilgan 
boʻladi va u oʻz navbatida, optsiyalar zonasida saqlanadi. Keyingi 
sarlavha — 2 bitlik ajratuvchi. IPv6 sarlavhadan keyin bevosita keluvchi 
sarlavha turini identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan 
qiymatlardan foydalanadi. Qadamlarning chegaralangan soni (paketning 
maksimal yashash vaqti) — 8 bitlik belgisiz butun son. Paket oʻtuvchi 
har bir tugunda bittaga kamayadi. Qadamlar nolga teng boʻlganda paket 
yoʻq qilinadi. IPv4 dan farqli oʻlaroq, IPv6 tugunlari paketlarning 
maksimal yashash vaqtini belgilanishini talab etmaydi. Shu sababli IPv4 
«time to live» (TTL) maydoni IPv6 uchun «hop limit» — qadamlarning 


203 
chegaralangan soni deb nomlangan. Amaliyotda unchalik koʻp 
boʻlmagan IPv4 ilovalar TTL boʻyicha cheklovlardan foydalanadilar. 
«Joʻnatuvchi manzili» va «Qabul qilib oluvchining manzili» 
maydonlariga manzil uzunligi IPv4 ga nisbatan uzun boʻlganligi uchun 
128 bit ajratilgan. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish