205
osonlashtirish
uchun
qoʻshimcha
maydon
qoʻshilganligi,
maʻlumotlarning yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6 asosidagi
qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega boʻlishi, yaʻni NAT —
tarmoq manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni
tashkil etgani uchun ham bu protokolga oʻtish eng toʻgʻri yechimdek
koʻrinishi mumkin, ammo hozirdagi koʻplab tarmoq qurilmalarining
IPv6
protokolini
qoʻllab-quvvatlamasligi,
koʻplab
kontent
maʻlumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz boʻlgani, qurilmalarni
yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi bu protokolni
qoʻllashda koʻplab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda IPv4
manzillari qolmagani va keyingi ulanayotgan yangi foydalanuvchilarni
faqat IPv6 orqali manzillash mumkin boʻlganligi, IPv6 protokoliga
oʻtish muqarrarligini anglatadi.
IPv6 ga o‘tish texnologiyalari
IPv6 ni ishlab chiqaruvchilar IPv4 dan IPv6 ga o‘tish bir necha
yillar davom etishini va tashkilotlar yoki ular doirasidagi tugunlarda
IPv4 dan foydalanish davom etishini tushunadilar. Shuning uchun,
migratsiya – uzoq muddatli maqsad ekanligini nazarda tutib, ikkala
versiya protokollarining o‘zaro mavjud bo‘lishiga alohida e’tibor
qaratish lozim.
Tunnellash
IPv4 dan IPv6 ga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash vositalaridan biri –
tunnellardan foydalanishdIP. Tunnelning vazifasi uzatilgan IPv6 paketni
IPv4 paketga inkapsulyatsiya qilishdan iborat. Bundan keyin IPv4 paket
mavjud IPv4 tarmoq orqali uzatilishi mumkin, qabul qilayotgan qurilma
esa IPv4 sarlavhasini o‘chIPadi va undan boshlang‘ich IPv6 paket
chiqarib oladi.