208
kengaymoqda va IP manzillar yetishmay qolmoqda. Bu muammoni hal
qilish uchun
NAT (Network Address Translation – Tarmoq manzillarini
almashtirish) tizimidan foydalaniladi. Bu tizim mahalliy tarmoqni tashqi
hujumlardan himoya qilishga ham yordam beradi. Kichik tarmoqlarda
NAT marshrutizator yoki Hublar yordamida amalga oshiriladi.
Nublar o`z IP manzillariga egalar. Bu manzil unga ISP provayder
tomonidan beriladi va bu manzilga internetdan murojat qilish mumkin.
Mahalliy tarmoqdagi har bir kompʻyuterga Nub tomonidan ichki IP
manzil beriladi. Bu ichki manzillaridan faqat mahalliy tarmoqda
foydalaniladi va ularga tarmoqdan tashqaridan murojaat qilib bo`lmaydi.
Odatda tarmoq ichidagi manzillar uchun maxsus manzillar, masalan,
192.168.*.* yoki 172.16.*.*, 127.0.*.* lar ajratilgan bo`ladi. Bu
manzillardan internetda foydalanilmaydi va shu sababli ulardan har
qanday mahalliy tarmoqda foydalanish mumkin.
Tarmoqdagi biror kompʻyuter Internetga ulanganda o`zining ichki
manzilidan emas, balki Nub ning tashqi manzilidan foydalanadi.
Mahalliy tarmoqdagi barcha kompʻyuterlar internetda bir xil IP
manzilga ega. Lekin Nub ularning ichki manzillarini biladi. Internetdan
ma`lumot kelganda Nub bu ma`lumot uchun talab qaysi kompʻyutyerdan
jo`natilganligiga qarab, shu kompʻyuterga ma`lumotlarni jo`natadi.
NAT tizimi mahalliy tarmoqdagi kompʻyuterlarni xakerlardan va
boshqa tashqi hujumlardan himoya qiladi. Bunday hujumlar tashqi IP
manzilga, ya`ni Nub ning o`ziga qaratilgan bo`ladi. SHu sababli bu
hujumlarning ko`p qismi tarmoqdagi kompʻyuterlar uchun xavfli emas.