ASCIIdan farqlanadigan kodlash uchun MIME-kengaytirish Agar yuqorida keltirilgan sarlavhalar ASCII kodlashdagi
matnlarga ega bo‘lgan xabarlar uchun to‘g‘ri kelsa, u holda ularning
tarkibi formati ASCIIga mos kelmaydigan audio-, video- vaboshqa
ma’lumotlarli xabarlar uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu xabarga maxsus
sarlavhalarni kiritilishini, demak, RFC 822 standartni kengaytirilishini
talab qiladi. Bunday kengaytirish RFC 2045 va 2046 hujjatlarda
tavsiflangan va Internet postasini ko‘p maqsadli kengaytirilishlari
(Multipurpose Internet Mail Extensions, MIME) deyiladi.
Multimediani qo‘llashga mo‘ljallangan ikkita eng muhim MIME-
sarlavhalar Content-Type: va Content-Transfer-Encoding: hisoblanadi.
Content-Type: sarlavhasi
foydalanuvchi
agentiga
xabarning
ma’lumotlarini mos qayta ishlashni amalga oshirishga imkon beradi.
Masalan, agar xabar JPEG formatdagi tasvirga ega bo‘lsa, oluvchi
agenti JPEG fayllarni dekompressiyalash protsedurasini chaqiradi.
Content-Transfer-Encoding: ikkinchi sarlavhaning ma’nosini tushunish
uchun ASCIIdan farqlanadigan kodlanishdagi barcha ma’lumotlar
SMTP protokoli bo‘yicha uzatilishidan oldin ASCII kodlashga
o‘zgartirilishi kerakligini eslang. Content-Transfer-Encoding: sarlavhasi
yo‘llanadigan manzilga simvollarni dastlabki kodlanishi ASCII
kodlashga o‘zgartirilishi (kodlanishi) amalga oshirilganini, shuningdek
bu kodlashning turini ko‘rsatadi. Shunday qilib, oluvchi agenti Content- Transfer-Encoding: sarlavhasini tanish bilan ma’lumotlarni dastlabki
kodlanishiga keltirish uchun xabarni dekodlashni amalga oshirishi,
keyin esa Transfer-En-coding: sarlavhasini tanish bilan dekodlangan
ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin.
Content-Type: sarlavhasi satrini biroz batafsil ko‘rib chiqamiz.
MIME spesifikatsiyasiga muvofiq, RFC 2046da ko‘rsatilgan satr formati
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Content-Type: type/subtype:
parameters. Bu yerda parameters shart bo‘lmagan parametrlar
hisoblanadi.
MIME spesifikatsiyasiga muvofiq, Content-Type: satri xabarda
uzatiladigan ma’lumotlarning turini ko‘rsatish uchun ishlatiladi va turlar
va kichik turlar nomlaridan tashkil topadi. Bundan tashqari, satrda
kichik tur haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan va
ma’lumotlarni talqin etilishiga sezilarli ta’sir qilmaydigan parametrlar
bo‘lishi mumkin. Tushunarliki, har bir kichiktur uchun o‘z parametrlari
to‘plami aniqlanadi. MIMEni ishlab chiqish bo‘lajak kengaytirishga
mo‘lljalash bilan olib borildi va tez oradi bo‘lishi mumkin turlar va
212
kichik turlar juftliklari soni sezilarli ortishi mumkin. yangi turlar va
kichik turlarning ishlab chiqilishini qandaydir tartibga solish uchun
MIME IANAda (Internet Assigned Numbers Authority — Internet
nomerlarini tayinlash bo‘yicha vakolatli tashkilot) ro‘yxatdan o‘tkazish
zaruratini ko‘zda tutmoqda. Registratsion jarayon RFC 2048 hujjatda
tavsiflangan.