216
qiladi.
6. Web-server (Web – server) – foydalanuvchi va qidiruv tizimining
boshqa komponentlari orasidagi o‘zaro munosabatni amalga oshiruvchi
server. Odatda, serverda kirish maydonli html-sahifa bor, unda
foydalanuvchi o‘zini qiziqtirgan qidiruv terminini berishi mumkin. Web-
server ham foydalanuvchiga html- sahifa ko‘rinishida natijalarni
chiqarib berishga javob beradi.
7. Qidiruv mexanizmlarning batafsil amalga oshirish bir-biridan
farq qilishi mumkin. Masalan, spider+crawler+indexer bog‘lami qidiruv
roboti deb nomlangan yagona dastur ko‘rinishida bajarilishi mumkin. U
taniqli Web-sahifalarni yuklab oladi, ularni tahlil qiladi, havolalar orqali
yangi resurslarni izlaydi, ularni indekslaydi va ma’lumotlar bazasiga
index-fayl ko‘rinishida kiritadi. Foydalanuvchi tomonidan so‘ralayotgan
ma’lumotlarni index-fayllardan chiqarib oluvchi boshqa dastur orqali
qidiruv amalga oshiriladi. Biroq barcha qidiruv tizimlariga ko‘rsatib
o‘tilgan tomonlar tegishlidir.
Hozirgi kunda 3 ta asosiy xalqaro qidiruv tizimlari mavjud: Google,
Yahoo va MSN Search, ular o‘z bazalari va qidiruv algoritmlariga ega.
Qolgan qidiruv tizimining ko‘pchiligi u yoki bu ko‘rinishda 3 ta sanab
o‘tilganlarni qo‘llaydilar. Masalan, AOL (search.aol.com) qidiruv va
Mail.ru, Google bazasini, AltaVista, Lycos va AllTheWeb esa –Yahoo
bazasini qo‘llaydilar.
Rus tilidagi Internet doirasida o‘ttizdan ortiq qidiruv tizimlari
faoliyat yuritadi. 90% ga yaqin auditoriya 3 ta eng mashhur qidiruv
tizimlaridan foydalanadi: Yandex, Google, Rambler (4.3.5-jadval).
Kerakli hujjatlarni izlash uchun aniq qidiruv tizimiga murojaat
qilish kerak va bir yoki bir necha so‘zdan iborat qidiruv so‘rovini tuzish
lozim. So‘rovda tinish belgilari ishlatilishi mumkin. So‘rovlar tilining
nozik tomonlariga e’tibor bermay, oddiy so‘rovlar tuzish mumkin. Agar
qidiruv qatoriga bir nechta so‘zlarni tinish belgilarisiz va mantiqiy
operatorlarsiz kiritilsa, bu so‘zlar uchragan barcha hujjatlar topiladi
(bir- biridan chegaralangan masofada). Biroq qidiruv tizimining
so‘rovlar tilini to‘g‘ri qo‘llash va bilish qidiruvni tez hamda samarali
amalga oshirish imkonini beradi.