219
Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi
talablarga javob berishi
lozim:
-
multiservislik
-
transport
texnologiyalariga
xizmatlarni
yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi;
-
keng polosalilik - odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda
keng diapazonda axborotni uzatish tezligini
mos reyingga dinamik
о‘zgarishi imkoni;
-
multimedialik - tarmoqni, real vaqtda va murakkab ulanish
konfiguratsiyasini qо‘llagan holda, kо‘p komponentli axborot (ovoz,
mazkur video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bо‘lgan
sinxronizatsiya
bilan uzatish qobiliyati;
-
intellektuallik - foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi
tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni;
-
invariantlik ulanish - qо‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq
bо‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni;
-
kо‘p operatorlik - xizmatlarni
taqdim etishda va ularning
mas’uliyatini faoliyat soxasiga mos xolda taqsimlashda bir nechta
operatorlarning qatnashishi.
Shuningdek kelajakdagi aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablarni
shakllantirishda xizmatlarni ta’minlovchining faoliyatini xususiyatlarini
hisobga olish lozim.
Xizmatlarni ta’minlovchiga bо‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:
- “multioperatorlik” muhitida qurilmalarning ishini ta’minlash
imkoniyati ya’ni bir nechta aloqa operatori tarmog‘iga (jumladan ulanish
satxiga ham) ulanish uchun interfeyslar sonini
oshirish;
- birgalikda yetkazish uchun xizmatlarni ta’minlovchi uzellarni
birgalikda ishlashini ta’minlash;
-
qurilmalarning
dastlabki
minimal
narxini
belgilashda
“masshtablanuvchan” texnik yechimlarni qо‘llash imkoni.
Hozirgi vaqtda kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega
bо‘lgan mavjud umumiy foydalanuvchi aloqa tarmoqlari yuqorida aytib
о‘tilgan talablarga javob bermaydi.
Odatdagi tarmoqlarning
imkoniyatlarini
chegaralanganligi
yangi
infokommunikatsiya
xizmatlarini yaratish yо‘lida bardosh berish omili hisoblanadi. Boshqa
tomondan yetkaziladigan infokommunikatsiya xizmatlarining hajmini
oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini, chaqiriqlarga
xizmat kо‘rsatish sifat kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
Bularning
barchasi, peying avlodning aloqa tarmoqlarini yaratish
yо‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish usullarini
220
rejalashtirishda infokommunikatsiya xizmatlari
mavjudligini hisobga
olish lozimligiga majbur qiladi.