214
protokolga boshqa bir misol elektron pochta uchun xarakterli bo‘lgan
SMTP hisoblanadi. Biz SMTP protokolini keyin qarab chiqamiz. 4.3.5-
rasmda FTP protokolining ikki ulanishiga namuna keltirilgan.
4.3.5-rasm. Boshqaruvchi ulanishlar va ma’lumotlarni ulash.
FTP-seans, mijoz va uzoqdagi xost (server) orasida, 21-raqamli port
orqali boshqaruvchi TCP-ulanishni o‘rnatish bilan boshlanadi.
Shuning
uchun ulanishda foydalanuvchi nomini va parolni uzatish,
shuningdek
kundalik katalogni va fayllarni almashlash komandasi amalga
oshiriladi. Server fayllarni uzatish va qabul qilish komandasini olgandan
keyin, u mijoz bilan ma’lumotlarni TCP-ulanishini o‘rnatadi keyin fayl
almashlashni amalga oshiradi va ulanishni yopadi. Har bir ulanish faqat
bitta faylni uzatish imkonini beradi. Shunday qilib ko‘pgina
almashlashlar ma’lumotlarni ulashni ko‘p marta o‘rnatish
zaruratini
tug‘diradi. Bunda boshqaruvchi ulanishlar barcha seanslar davomida
ochiq qoladi.
Kiritilgan terminologiyalarni nazarda tutgan holda ma’lumotlarni
ulashni doimiy bo‘lmagan ulanishlarga kiritish mumkin.
FTP-seansi
vaqtida server, foydalanuvchi haqidagi axborotga ega bo‘lishi kerak.
Qoida bo‘yicha boshqaruvchi ulanishlar foydalanuvchining maxsus
xisoblash yozuvlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari server, foydalanuvchi
ishlayotgan kundalik katalogni kuzatishi kerak.
Axborotlarni saqlash
uchun resurslarni sarflash zarurati, serverni bir vaqtda qo‘llab-
quvvatlovchi FTP-seanslar sonini anchagina kamayishiga olib keladi.
HTTP bilan solishtirganda FTP protokolining
kamchiligi ham ana
shunda. Shuniyam aytish joizki HTTP ulanish holatini eslab qolmaydi.