• 4.3.12. FTP protokoli bo‘yicha fayllarni uzatish
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    IMAP protokoli 
    IMAP protokoli RFC 2060 hujjatda tavsiflangan. U POP3 protoko-
    li bilan ko‘p umumiylikka ega, lekin uning tuzilmasi sezilarli 
    murakkabroq, IMAP mijoz va server tomonlarining ishlatilishi ham 
    murakkabroq. 
    IMAP-server har bir xabarni ayrim foydalanuvchilar papkasi bilan 
    bog‘laydi. Dastlab har bir qabul qilingan xabar INBOX papakaga 
    tushadi,bu yerda foydalanuvchi uni o‘qishi, keyin esa boshqa papkaga 
    o‘tkazishi, o‘chirishi mumkin va h.k.. Barcha bunday amallar uchun 
    IMAP protokoli orqali maxsus komandalar ko‘zda tutilgan. Berilgan 
    mezonlarni qanoatlantiradigan xatlarni har bir papkalardan qidirish 
    imkoniyati qulay funksiya hisoblanadi. POP3dan farqli ravishda IMAP-
    server IMAP-seans borishi haqida, shu jumladan papkalar nomlari, 
    qanaqa xabarlar qaysi papkalarda joylashganligi haqidagi ma’lumotlarni 
    saqlashiga va boshqalarga e’tibor bering.
    IMAPning yana bir muhim avzalliklaridan biri foydalanuvchiga 
    xabarlarning alohida komponentlari – sarlavhalar, tarkibiy MIME-
    xabarlar 
    qismlari 
    va 
    boshqalarni 
    olishga 
    imkon 
    beradigan 
    komandalarning mavjudligi hisoblanadi. Bu imkoniyat foydalanuvchi va
    Internet-provayder orasidagi past tezlikli bog‘lanishlarda qulay bo‘ladi. 
    Ayrim foydalanuvchilar bir necha katta hajmli qo‘yilmalarga (masalan, 
    audio- yoki videokliplar) ega bo‘lgan uzun xabarlarni yuklashdan 
    qochishni va ular uchun juda kerakli bo‘lgan fragmentlarni tanlash 
    imkoniyatini avzal ko‘rishadi. IMAP protokoli haqidagi batafsil 
    ma’lumotlarni siz IMAP rasmiy saytidan olishingiz mumkin. 
    4.3.12. FTP protokoli bo‘yicha fayllarni uzatish 
    FTP-seans, lokal va uzoqdagi xostlarda o‘rnatilgan fayllarni 
    almashlashni ifodalaydi. Uzoqdagi xostga ulana olishi uchun 
    foydalanuvchi o‘zining nomini va parolini kiritishi kerak. Ulangandan 
    keyin foydalanuvchi uzoqdagi xostdan lokalga fayllarni uzatgani 
    kabiuning teskarisini ham amalga oshirishi mumkin.
    4.3.4-rasmda ko‘rsatilganidek foydalanuvchi, FTP foydalanuvchi 


    213 
    aganti yordamida FTP bilan o‘zaro bog‘lanadi. Oxirida server bilan 
    TCP-ulanishni o‘rnatish uchun, dastlab foydalanuvchi FTP mijozga 
    uzoqdagi xost nomini ko‘rsatadi, undan keyin FTP-buyrug‘i yordamida 
    serverga jo‘natiladigan o‘zining nomini va parolini kiritadi. Server 
    foydalanuvchisi aniqlangandan keyin kerakli bo‘lgan yo‘nalishda 
    fayllarni uzatish jarayoni boshlanadi.
    HTTP va FTP fayllarni uzatish protokoli hisoblanadi va juda ko‘p 
    umumiylikga ega, masalan transport satxi protokoli sifatida ularning 
    ikkalasi ham TCPni qo‘llaydi. Shuningdek, HTTP va FTP orasida 
    prinsipial farqlar ham mavjud.
    FTP protokoli ikkita parallel TCP-ulanishni: boshqaruvchi ulanish 
    va ma’lumotlarni ulashni qo‘llaydi. Boshqaruvchi ulanish ikkita xost 
    orasida boshqaruvchi axborotlarni jo‘natish (foydalanuvchi nomi va 
    paroli, uzoqdagi kundalik katalogni almashlash komandasi, fayllarni 
    uzatish va so‘rash) uchun xizmat qiladi.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish