|
SMTP va HTTPni taqqoslash Pdf ko'rish
|
bet | 140/225 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #117020 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari KitobSMTP va HTTPni taqqoslash
Endi ikkita muhim HTTP va SMTP Internet-protokollarni
taqqoslash vaqti keldi. Ularning har ikkalasi xostlar orasida fayllarni
uzatish uchun mo‘ljallangan, bunda NTTR web-mijoz (odatda u brauzer
hisoblanadi) va web-server orasida ob’ektlarni uzatilishini, SMTP esa
ikkita pochta serverlari orasida elektron xabarlarni uzatilishini tashkil
etadi. Hm NTTR, ham SMTP doimiy bog‘lanishni ishlatadi. Shu bilan
birga, tavsiflangan o‘xshashliklardan tashqari, protokollar farqlarga ham
ega.
Birinchidan, HTTP olish protokoli (pull protocol) hisoblanadi,
ya’ni kimdir web-serverrga kerakli ma’lumotlarni joylashtiradi, uni
foydalanuvchilar serverdan NTTR protokoli yordamida o‘ziga qulay
vaqtda oladi. TCP-bog‘lanish faylni olinishini initsializatsiyalaydigan
kompyuter orqali o‘rnatiladi. SMTP, aksincha, jo‘natish protokoli (push
protocol) hisoblanadi, ya’ni uzatuvchi pochta serveri faylni qabul
qiluvchi pochta serveriga jo‘natadi. TCP-bog‘lanish faylni jo‘natilishini
initsializatsiyalaydigan kompyuter orqali o‘rnatiladi.
Ikkinchidan, avval ta’kidlanganidek, SMTP har bir xabarning
sarlavhasi va tanasidagi simvollar uchun 7-razryadli ASCII kodlashni
talab qiladi. Agar xabar ASCII kengaytirilgan kodlash simvollariga
(masalan, milliy alifbo simvollari) yoki binar ma’lumotlarga ega bo‘lsa,
bunday ma’lumotlarni 7-razryadli ASCII kodlashga o‘zgartirish talab
qilinadi. HTTP protokoli xabarga bunday cheklashlarni qo‘ymaydi.
Uchinchidan, SMTP va HTTP protokollari matnli va grafik (yoki
multimediali) ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlarni turli qayta ishlash
usullarini qo‘llaydi. «Web va HTTP» bo‘imida ta’kidlanganidek, NTTR
protokoli har bir ob’ektni alohida javob xabarida qayta uzatadi. SMTP,
aksincha, barcha ob’ektlarni bitta xabarga joylashtiradi.
|
| |