206
•
ISATAP (Intra-Site Automatic Tunnel Addressing Protocol) –
tunnellarni sayt ichida avtomatik adreslash protokoli bo‘lib, IPv4
intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi.
•
6 to 4 – “6 dan 4 ga” o‘tish dinamik tunneli. IPv4 intranet orqali
bir adresli uzatish uchun foydalaniladi. Oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4
protokolning NAT translyatsiyasi ishlayotgan bo‘lsa ushbu tunnellar,
ishlamaydi.
•
Teredo. IPv4 Internet orqali bir adresli uzatishda oxirgi nuqtalar
o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi
foydalanilganida
ishlatiladi.
4.3.6. Maxsus IP-adreslar
IP protokolida IP-adreslarni maxsus talqin qilish bo‘yicha bir necha
shartnomalar mavjud:
Agar IP-adres faqat ikkilik nollaridan iborat bo‘lsa, u ushbu paketni
generatsiyalagan tugun adresini bildiradi, bu rejim ba’zi ICMP
xabarlarida
ishlatiladi;
agar tarmoqning nomer maydonida faqat nollar bo‘lsa, qabul qilish
tuguni va paketni uzatgan tugun bir tarmoqqa tegishli deb hisoblanadi;
agar IP-adresning barcha ikkilik razryadlari 1 ga teng bo‘lsa,
bunday adresli paket ushbu paketning manbai
joylashgan tarmoqning
barcha tugunlariga uzatilishi kerak. Bunday uzatish chegaralangan keng
eshittIPishli xabar deb ataladi (limited broadcast);
Agar qabul tugunining nomer maydonida faqat 1 lar turgan bo‘lsa,
bunday adresli paket tarmoqning berilgan nomeri bilan tarmoqning
barcha
tugunlariga
uzatiladi.
Masalan,
255.255.255.0
maskali
192.190.21.0 tarmoqda 192.190.21.255 adresli
paket ushbu tarmoqning
barcha tugunlariga uzatiladi. Bunday uzatish keng eshittirishli xabar
deyiladi (broadcast) [8].