201
ishlatiladi.
E sinf adresi – zahiraga olingan.
IPv6 protokoli
IPv6 4-versiyaning vorisi boʻlgan Internet protokolining yangi
versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi oʻzgarishlarni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Manzillashning kengayishi. IPv6
da manzil uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit), bu esa
manzillash
iyerarxiyasining
koʻproq
darajalarini
taʻminlash,
manzillashtiriladigan tugunlar sonini oshirish, avto-konfiguratsiyani
soddalashtirish
imkonini
beradi.
Multikasting-marshrutlashtirish
imkoniyatlarini kengaytirish uchun manzil maydoniga «scope»
(manzillar guruhi) kiritilgan. Manzilning yangi «anycast address» turi
aniqlangan. U mijoz soʻrovlarini serverning istalgan guruhiga yuborish
uchun foydalaniladi. Anycast manzillash oʻzaro harakat qiluvchi
serverlar toʻplami bilan foydalanish uchun moʻljal-langan boʻlib,
ularning manzillari mijozga oldindan maʻlum boʻlmaydi.