IPv4 protokolini manzillashdagi umumiy tamoyillar




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

IPv4 protokolini manzillashdagi umumiy tamoyillar 
IP-manzillash asoslari. IP-manzil oʻnlik sonlarda ifoda etilgan, 
W.X.Y.Z shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni 
ajratish uchun foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob toʻrt oktetlik 
(32-bitlik) kattalikni oʻzida ifoda etadi. Manzilning 32 biti ikki qismdan 
iborat: tarmoq yoki aloqa manzili (oʻzida manzilning tarmoq qismini 
ifoda 
etuvchi) 
va 
host 
manzili 
(tarmoq 
segmentida 
hostni 
identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi hostlar soni boʻyicha 
ajratish IP-manzillarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP-
manzillarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, В va С 
sinflari manzillari noyob sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid 
manzillar tugunlar toʻplamiga murojaat qilish uchun qoʻllaniladi, «E» 
sinfiga 
oid 
manzillar 
esa 
tadqiqot 
olib 
borish 
maqsadida 
zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan foydalanilmaydi. Bundan 
tashqari, barcha sinflardagi bir necha manzillar maxsus maqsadlar uchun 
zahiralashtirilgan. 
«A» sinf manzillari. «A» sinf tarmoqlari manzildagi eng katta 
(chap) bitning 0 qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha 
bitlar) manzildagi chap bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi 
tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik tarmoq) lar sonini belgilaydi, 
ayni vaqtda, qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar bitlar) tarmoqdagi 
hostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 sinfi 
manzilini olaylik. Bunda 124. — tarmoq manzilini ifoda etadi, manzil 
oxiridagi 0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi hostni anglatadi. «A» 
sinfi manzillari yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (224-
2) ta hostlarni ifoda etish mumkin. 
«B» sinf manzillari. «B» sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 1 
va 0 qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 
15 ga qadar bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, 
qolgan ikkita oktet esa, ushbu tarmoqlardagi hostlar raqamlarini ifoda 
etadi. Natijada biz 65534ta hostlarning har biridan 16384ta tarmoqlar 
manzillariga ega boʻlamiz. Misol uchun, «B» sinfi manzilidagi 
172.16.0.1, tarmoq manzili — 172.16, host raqami — 0.1. 


200 
«C» sinf manzillari. «C» sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 1, 1 
va 0 qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga 
qadar) tarmoqlar raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, soʻnggi 
oktet esa (bitlar 24 dan 31 ga qadar) tarmoqdagi hostlar raqamini oʻzida 
ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 152 ta tarmoqqa ega boʻlamiz, ularning 
har birida 254ta host boʻladi. Misol uchun, S 192.11.2.1 sinfi 
tarmogʻidagi manzilni olaylik, undagi 192.11.2 tarmoq manzilini oʻzida 
ifoda etadi, tarmoqdagi hostning raqami esa — 1. 
«D» sinf manzillari. «D» sinf tarmoqlari IP — manzilning birinchi 
toʻrtta bitlarida 1, 1, 1 va 0 qiymatlari bilan belgilanadi. «D» sinfining 
manzil kengligi tugunlar toʻplamini manzillash uchun foydalanuvchi, 
guruhiy IP — manzillarni ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu 
mazkur paketning manzil maydonida koʻrsatilgan raqam bilan guruhni 
tashkil etuvchi bir nechta tugunlarga darhol yetkazilish lozimligini 
anglatadi. 
«E» sinf manzillari. «E» sinf tarmoqlari IP — manzilning katta 
toʻrtta bitlarida 1, 1, 1 va 1 qiymatlari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda 
ushbu diapazon manzillaridan foydalanilmaydi. Ular tajriba maqsadlari 
uchun zahiralashtirilgan. Tarmoqostilarni manzillash. «A» sinfi, «V» 
sinfi va «S» sinfi tarmoqlaridagi host-mashinalari raqamlari singari, 
tarmoqosti manzillari lokal ravishda beriladi. Boshqa IP — manzillari 
singari, tarmoqostining har bir manzili noyobdir. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IPv4 protokolini manzillashdagi umumiy tamoyillar

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish