IP tarmoqlarida yoʻnalish axborotlari bilan almashishi




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

4.3.5. IP tarmoqlarida yoʻnalish axborotlari bilan almashishi 
protokollari 
TCP/IP stekining yoʻnalish axborotlari bilan almashishning xamma 
protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular oʻz navbatida ikki 


196 
guruhga boʻlingan, ularning xar biri quyidagi algoritmlar turi bilan 
bogʻlangan: 
masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA). 
aloqa holati algoritmi (Link State Algorithms, LSA). 
Masofa-vektor turidagi algoritmlarda marshrutizator vaqti-vaqti 
bilan va keng ogox qilingan holda tarmoq boʻyicha oʻzidan to unga 
maʻlum boʻlgan tarmoqlarga masofa vektorini yuboradi. Masofa 
deganda odatda paket muvofiq tarmoqqa tushishdan oldin nechta oraliq 
marshrutizatorlar orqali oʻtishi tushiniladi. Nafaqat paket oʻtgan oraliq 
nuqtalar, u qoʻshni marshrutizatorlar orasida aloqa boʻyicha oʻtgan 
vaqtini xam xisobga oluvchi boshqa metrika xam ishlatiladi. Qoʻshni 
marshrutizatordan vektorni qabul qilib har bir marshrutizator oʻzi 
bevosita (agar tarmoqlar uning portiga ulangan boʻlsa) yoki qoʻshni 
marshrutizatorlarning oʻxshash elementlaridan bilib olgan unga maʻlum 
boshqa tarmoqlar toʻgʻrisida axborotni vektorga qoʻshadi va tarmoq 
boʻyicha vektorning yangi mazmunini joʻnatadi, oxir oqibat har bir 
marshrutizator inter tarmoqdagi tarmoqlar va qoʻshni marshrutizatorlar 
orqali ularga boʻlgan masofa toʻgʻrisida axborotni bilib oladi.
Masofa-vektor algoritmlari uncha katta boʻlmagan tarmoqlardagina 
yaxshi ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish 
trafiki bilan aloqa liniyalarini sifatsiz qiladilar. Bundan tashqari bu 
algoritm konfiguratsiyaning oʻzgarishi har doim xam toʻgʻri 
bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi aloqalar topologiyasi 
aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali olingan
umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori 
protokoliga muvofiq marshrutizator ishi koʻprik ishini eslatadi, chunki 
bunday marshrutizator tarmoqning aniq topologik surʻatiga ega emas. 
Masofa – vektori algoritmi asosidagi eng koʻp tarqalgan protokol 
boʻlib, RIP protokoli hisoblanadi. 
Aloqa holatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq 
aloqalarining aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan 
taʻminlaydi. Hamma marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu 
marshrutlash jarayonini konfiguratsiyasi oʻzgarishiga mustaxkamliroq 
qiladi. Keng ogohlantirishli joʻnatmalar faqat aloqalar holatining 
oʻzgarishidagina ishlatiladi, bunday holat ishonchli tarmoqlarda kam 
uchraydi. Aloqa liniyalar holatini qandayligini tushunish uchun uning 
portlariga ulangan marshrutizator oʻzining yaqin qoʻshnilari bilan kalta 
paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik xam keng 
ogoxlantiruvchi, lekin u qoʻshnilar orasida boʻlganligi sababli tarmoqni 


197 
kamroq sifatsizlantiradi. TCP/IP stekida aloqalar holatining algoritmi 
asosidagi protokol boʻlib, OSPF protokoli hisoblanadi. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 IP tarmoqlarida yoʻnalish axborotlari bilan almashishi

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish