195
tarmoqqa yoʻnalishi toʻgʻrisida maʻlumotga ega boʻlmaganda
erishilmasligi mumkin. Protokol va portga erishilmaslikdan tayinlash
tugunidagi qoʻshma darajaning qaysi bir protokolida
amalga oshishishi
yoki UDP yoki TCP protokollarining ochiq porti yoʻqligini bildiradi.
Yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish. Kompyuterlarda
yoʻnalish jadvallari odatda statik hisoblanadi, chunki tarmoq
adminstratori
tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa
dinamik hisoblanadi, chunki yoʻnalish axborotlari bilan almashish
protokollari yordamida avtomatik tarzda shakillanadi.
Shuning uchun
vaqt oʻtishi bilan, tarmoq topologiyasi oʻzgarganda kompyuterlarning
yoʻnalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu jadvallar
odatda
kam
axborotga
ega,
masalan,
faqat
bir
nechta
marshrutizatorlarning manzili.
Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator
“yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish” (Redirect)
deb nomlanuvchi
ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumkin.
Ushbu xabar, marshrutizator kompyuterning tayinlangan tarmoqqa
paketni notoʻgʻri yuborilayotganini koʻrib qolgan xoldagina yuboriladi,
belgilangan tarmoqqa eng qisqa yoʻnalish boshlanadigan lokal tarmoq
marshrutizatoriga ega emas.
ICMP protokolini boshqa tomonga yoʻnaltirish mexanizmi,
kompyuterlarga uning lokal marshrutizatorlarining faqat IP-manzillarini
konfiguratsiya fayllarida asrashga imkon beradi.
Boshqa tomonga
yoʻnaltirish xabarlari yordamida marshrutizatorlar kompyuterga, qaysi
marshrutizatorga u yoki bu tayinlangan tarmoq uchun paketlarni
joʻnatish zarurligi toʻgʻrisida unga kerakli
axborotni xabar qilib turadi,
yaʻni marshrutizatorlar kompyuterga, yoʻnalish jadvallarining ularga
kerakli qismini uzatishadi.
Marshrutizator “yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish” xabariga
keyinchalik foydalaniladigan IP manzil va oʻz maʻlumotlar maydonining
birinchi 64 bitli dastlabki paket sarlavxasi joylashtiriladi.
Paket sarlavxasidan tugun qaysi tarmoq uchun koʻrsatilgan
marshrutizatordan foydalanish kerakligini bilib oladi.