|
Tarmoq texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 130/225 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #117020 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob4.3.6. IPv4 va IPv6 protokoli
IPv4 protokoli
IPv4 protokoli oʻtgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta
manzillarini taqdim eta olish imkoniga ega boʻlgan bu protokol bir
qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, manzillar soni barcha
ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik
masalalari ushbu protokolda koʻrib chiqilmagan.
IPv4 paketlar formati
IPv4 paketlar formati 4.3.5-rasmda koʻrsatilgan. Sarlavha
maydonlarining funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan:
Versiya maydoni (Version) mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini
koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 4-versiyasi bilan birgalikda
(yaʻni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan (yaʻni 0110
maydonida) foydalanish boshlanadi. Sarlavha uzunligi maydoni (Header
Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli soʻzlardagi
uzunligini koʻrsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta soʻz, eng
katta (maksimal) uzunlik — 32-razryadli soʻzlardan oʻn beshtasi. Servis
turi maydoni (Type of Service) xizmat koʻrsatishning talab etiladigan
sifati parametrlarini koʻrsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga
ustuvorlik kodini berish orqali paketlarni uzatilishida unga ustunliklar
beradi. Bitlar: 12 — D (delay) — kechikish, 13 — T (throughput) —
samaradorlik (oʻtkazish qobiliyati), 14 — R (reliability) — ishonchlilik,
S (cost) — narxi.
Paketning toʻliq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning
sarlavha va foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy
uzunligini belgilaydi. Paketning toʻliq uzunligi 65535 bayt (216-1 65
535) gacha yetishi mumkin. Umumiy identifikator maydoni
(Identification) tarmoqlararo deytagrammalar fragmentlarini yigʻish
uchun moʻljallangan. Bayroq (Flag) maydoni deytagrammalarni
fragmentatsiyalash imkoniyatini taʻminlaydi hamda fragmentatsiyadan
foydalanishda deytagrammaning soʻnggi fragmentini identifikatsiyalash
imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada boʻlib, 1 esa
paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 —
fragmentatsiyalash ruhsat etiladi; 1 — taqiqlanadi), 2 biti mazkur
fragment soʻnggisi yoki soʻnggisi emasligini aniqlaydi (0- soʻnggi
fragment; 1 — davomini kutmoq lozim).
|
| |