• PPP protokoli
  • X.25 protokoli
  • Frame Relay protokoli
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     
    SLIP protokoli 
    SLIP (Serial Line Internet Protocol) axborotlarni uzatish protokoli 
    doimiy Internetga ulanishni telefon kanali va oddiy modemdan 
    foydalanib tashkil qilish uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli 
    bu turdagi ulanishdan kam abonentlar foydalanadilar. Bu protokol 
    TCP/IP protokoli bilan birgalikda ishlatiladi va u ancha past pogʻonada 
    turadi. 
    PPP protokoli 
    PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan 
    SLIP protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin u bu 
    vazifalarni yaxshi bajaradi, chunki qoʻshimcha imkoniyatlari mavjuddir. 
    Undan tashqari, SLIP farqli oʻlaroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bogʻlana 
    oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS, DHCP mahalliy tarmoqlarda koʻp 
    ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishlay oladi. PPPning 
    koʻp tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub 
    operatsion tizim oʻrnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani 
    tufaylidir. 
    X.25 protokoli 
    X.25 
    protokoli 
    1976-yili 
    yaratilgan 
    va 
    1984-yili 
    mukammallashtirilgan, u jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida 
    ISO/OSI modeli bilan bogʻlanishda ishlaydi. Bu protokolni mavjud 
    telefon tarmogʻida foydalanish uchun loyihalashtirilgan. X.25 
    protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon tarmogʻi noyob 


    187 
    edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda 
    xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani 
    ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot 
    uzatishni sekinlashtiradi (64 Kbit/s). Lekin bu holat yuqori ishonchlilik 
    talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit bermaydi, masalan, bank 
    tizimida va boshqalarida. 
    Frame Relay protokoli 
    Frame Relay – yana bitta telefon tarmogʻi orqali axborotlarni 
    uzatishga moʻljallangan protokol. X.25 kabi yuqori ishon chliligidan 
    tashqari yangi qoʻshimcha imkoniyatlarga ham egadir. Uzatiladigan 
    axborotlar video, audio formatda yoki elektron axborot koʻrinishida 
    boʻlishi mumkin boʻlgani sababli uzatilayotgan axborotga qarab uzatish 
    imkonini tanlashi mumkin. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish