158
CSNET- (1981) bu tizim kompyuter va fan tarmogi deb yuritiladi,
tizim ish faoliyatini faqat a’zolik badallari va xizmat uchun to’lovlar
hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq
bo’lib, internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomasida ishlaydi.
EARN - Yevropa kompyuter tarmogiga birlashtirilgan bo’lib, juda
ko’p ilmiy tadkikot muassasalarini birlashtiradi.
Uning qaydnomasi
RSES bo’lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashinadi, o’z-
o’zini xo’jalik 3 hisobotda qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Yevropa kompyuter tarmogi
uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan
UNIX amaliyot tizimida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar
bilan MS va PS DOS
boshqaruvida ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi
va UNIX amaliyot tizimida ishlaydigan kompyuterlar bilan boglanishi
mumkin. Fayllarni, bildirishni va yangiliklarni UUCP/USWET
tarmoqlari bilan uzatilishi mumkin.
USENET (1979) – yangiliklar va
elektron pochtaning xalqaro
tarmogi. Universitetlar o’rtasida aloqa urnatish maqsadida ish
boshlangan
bu
tarmoq
xozirda
AQSh
ning
deyarli
barcha
universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Xatto undan foydalanuvchilar
juda ko’payib ketgani tufayli grafikning
ancha qismini UUNET
tarmogiga topshirgan. UUNET tarmogi shu maqsad uchun xam
yaratilgan.
UUNET – savdo-sotiq bilan bog’liq bo’lmagan tarmoq bo’lib, u
USENET yangiliklarini UNIXda boshlangich matnlarni olish va boshqa
ishlarni bajarishni ta’minlaydi. U Internet bilan tamoklararo interfeysga
ega.
UUCPNET – Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo’lib,
ma’lumotlar UUCP – uzatish uchun qaydnoma,
kommunikatsiya
maqsadlari uchun fayllar to’plami, kommunikatsion dasturlar uchun esa
buyruqlar to’plamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va
telekonferentsiyalarda qatnashish maqsadlarida keng foydalaniladi.