• 1-chi qatlam: Fizikaviy qatlam.
  • 2-chi qatlam: Kanal qatlami.
  • 3-chi qatlam: Tarmoq qatlami.
  • 4-chi qatlam
  • -chi qatlam: Uzatish muhiti




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    0-chi qatlam: Uzatish muhiti. Bu qatlam ISO/OSI tarmoq 
    modelining eng ichki - nolinchi qatlami fizikaviy boglanish vositalari 
    (kabellar va boshqa ulash vositalari)ni aks ettiradi. Intranetning barcha 
    tugunlari bir-biriga uzatish muhiti orqali boglanadi. 
    1-chi qatlam: Fizikaviy qatlam. Vazifasi - aloqa kanalari bilan 


    152 
    fizikaviy interfeys ta’minlab berishdir. Bu qatlam tarmoq aloqa 
    kanallarining elektr va mexaniqaviy jixatlarini belgilaydi. 
    2-chi qatlam: Kanal qatlami. Vazifasi-ma’lumot uzatish 
    kanallarini boshqarish, kanallar bo’ylab ma’lumot uzatish va 
    kanallardagi 
    uzatish 
    xatolarini 
    payqash. 
    Asosiysi 
    maqsadi- 
    ma’lumotning uni uzatish jarayonida buzilishining oldini olish. Kanal 
    qatlamida ma’lumot kadrlar oqimi sifatida shakllanadi. Kanal axborot 
    uzatayotgan kompyuterdagi tarmoq plata(karta)sidan boshlanib shu 
    axborotni qabul qilayotgan kompyuterdagi tarmoq kartasi bilan 
    tugallangan aloqa yo’lini o’z ichiga oladi. Xar bir tarmoq kartasi 
    (Ethernet yo IBM Token Ring kartasi) noyoob tarmoq manziliga ega. Bu 
    kartalar kanal qatlamiga nisbatan ichki bo’lgan fizikaviy qatlamni kanal 
    qatlamiga nisbatan yuqori(tashki) bo’lgan tarmoq qatlamining dasturiy 
    ta’minoti bilan bog’laydi. Masalan, tarmoq Ethernet asosida qurilgan 
    bo’lsa, kompyuterni tarmoqqa ulangan Ethernet kartasi va kanal 
    qatlamiga oid protokollar majmuyi bilan ta’minlash natijasida kanal 
    qatlami xosil bo’ladi. Kanal qatlami tufayli tarmoq qatlami qanaqa 
    tarmoq texnologiyasi – Ethernet mi yo IBM Token Ring qo'llanganligini 
    va kanal qatlamiga o’tgan axborot oqimi kadrlar (Ethernet yo IBM 
    Token Ring kadrlari) ketma-ketligiga qanday qilib aylantirilayotganini 
    hisobga olishi shart emas.
    3-chi qatlam: Tarmoq qatlami. Vazifasi-axborotni marshrutlash, 
    ma’lumotlarni bolaklash va bo’laklarni birlashtirish. Bu qatlamda 
    axborot oqimi paketlar oqimi shaklida bo’ladi. Tarmoq qatlamining 
    asosiy protokoli IP protokolidir. Ma’lumotlar paketi uzatilayotgan 
    ma’lumot va boshqaruv signallarida aks etgan ma’lumotlar bilan birga 
    uzatuvchi va uni qabul qilib oluvchi tarmoq tugunlarining manzillarini 
    xam o’z ichiga olgan. Tarmoq qatlami va unga nisbatan ichki barcha 
    qatlamlar Intranetning aloqa qismini tashkil etadi. 
    4-chi qatlam: Transport qatlami. Vazifasi tarmoq tugunlari - 
    kompyuterlari orasida ma’lumotlarni ishonchli yetkazib berib, axborot 
    almashishdir. Bu qatlamning asosiy protokoli TCP protokolidir. Shu 
    protokol asosida tashki-seans qatlamidan olingan ma’lumotlar tarmoq 
    qatlamiga mos keluvchi bo’laklar-paketlarga ajratiladi va tarmoq 
    qatlamiga uzatiladi. Tarmoq qatlamidan qaytgan axborot oqimi ustida 
    bunga teskari amallar bajariladi. Shunday qilib, transport qatlami tarmoq 
    qatlami boshqaradigan paketlar trafigini hosil qilib beradi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish