• Web-serverning ishchanligi.
  • Serverning apparat platformasi
  • Daraxt (inglizcha - Hierarhy) tuzilmasi




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Daraxt (inglizcha - Hierarhy) tuzilmasi. Web-serverning ildiz 
    tuguniga tegishli bosh sahifadan boshlanib, undan sinf-tur yoki butun – 
    bo’lak munosabati asosida berilgan axborot bo’limlariga ishoratlar 
    beradi. Bu tuzilma ayniqsa izlash serverlari uchun asosiy tuzilmadir. Bu 
    tuzilmaning xususiy xoli ketma-ketlik tuzilmasi bo’lib daraxtdagi biror 
    yuldangina iborat. Web -sahifalar yaratish bundan avvalgi alohida 
    mavzuda keng yoritilgan. 
    Web-serverning ishchanligi. 


    149 
    Web-serverga bir vaqtning uzida ulanishlar soni ko’payib ketib u 
    turfa muhitli axborotlar bilan ishlashga oid o’z vazifasini eplay olmay 
    qolishi mumkin. Shuning uchun Web-serverning texnikaviy(apparat) 
    ta’minoti uning yukiga mos kelishi kerak. Web-serverning ishchanligi 
    uni tarmoqka birlashtirish vositalariga va tarmoq Aloqa kanallarining 
    o’tkaza olish qobiliyatiga xam bog’liq. Web-serverning yuki haqida 
    undagi o’rtacha axborot oqimi tezligi asosida fikr yuritish mumkin. 
    Web-serverdan chiqishi talab etiladigan axborot oqimining tezligi v 
    [bit/s] unga kundalik o’rtacha ulanishlar soni U va xar bir ulanishda 
    uzatiladigan fayllarning o’rtacha xajmi X [kilo bayt] orqali quyidagi 
    ifodadan topiladi. 
    V = U*X*12/86400 Kbit/s 
    Bu yerda "12" - bir baytdagi bitlar soni 8 ga qo’shimcha 4 bit to’g’ri 
    kelishini hisobga oladi. "86400"- bir sutkaning sekundlarda o’lchangan 
    davomiyligi. 
    Serverning apparat platformasi 
    Serverning apparat platformasini tanlashda Unix, Intel bilan 
    muvofiklashgan kompyuter yoki PowerPC ga asoslangan tizimdan 
    biriga to’xtashga to’g’ri keladi. Buni xal qilishda Intranetdan qanday 
    maqsadlarda foydalanilishini, bu platformalardan qaysinisi yuridik 
    shaxsda ko’proq tarqalganini, mo’ljallangan tarmoq amal tizimini va 
    ketadigan sarf-xarajatlarni hisobga olish lozim.
    Web-server urnatilgan tarmoq tuguni quyidagi talablarga javob 
    berishi lozim: 
    • Bir vaqtning o’zida bir nechta ulanishlar bo’yicha xizmat 
    kursatish; 
    • Himoya tizimida aniq ishlash; 
    • Barcha sahifalarda boglanishlarni amalga oshirish; 
    Tasvirlarni aniq aks ettirish
    • Turfa muhitli axborotlarni uzatish; 
    • Gopher menyularining barchasida Aloqa bog’lab berish; 
    • FTP - mijoz - dasturi orqali fayllarni ko’chirish. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish