157
tarmoqdan rang-barang va turli axborotni oson olish manbasiga aylandi,
oddiy matndan videotasvirgacha o‘zgardi.
1991 yili ARPANET o‘z faoliyatini tugatdi, Internet tarmog‘i esa
mavjud, uning xajmi ilk xajmidan bir necha barobar katta, chunki u
butun dunyo bo‘ylab turli tarmoqlarni birlashtirdi. ARPANET tarmog‘i
boshlang‘ich davrida atigi 4 ta katta EXM dan tashkil topgan edi. 1995
yili
esa
4,5
million
faol
kompyuterlarni
birlashtirdi.
Foydalanuvchilarning
asosiy
o‘sish
surati
kommunikatsiya
infratuzilmasi
rivojlanayotgan
va
kompyuterlar
imkoniyatlari
kengayotgan
paytga
XX
asrning
90-yillariga
to‘g‘ri keladi.
ARPANET/Internet tarmog‘ining 25 yilligida tarmoq marketing, savdo-
sotiq, bank operatsiyalari, radioeshittirish va “jonli” konsertlar uchun
qo‘llanila boshlandi.
1995 yili Compuserve, Progidy, America Online portallari Internet
tarmog‘iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish xuquqini)
taqdim etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brazuer-
dasturi yaratilda va keng miqyosda qo‘llanila boshlandi.
1990 yillar o‘rtalarigacha Internet tarmog‘idan nisbatan tor
doiradagi akademik uyushmalar foydalana olar edi. Xozirgi vaqtda esa
Internetga ulangan o‘nlab million kompyuterlarda ulkan xajmdagi
axborot saqlanadi (100 millionlab fayllar, xujjatlar va boshq.) va yuz
millionlab
odamlar
global
tarmoqning
axborot
xizmatlaridan
foydalanmoqdalar. Internetning asosini, “karkasi”ni tarmoqqa doimiy
ulangan yuz milliondan ortiq serverlar tashkil etadi. Internet serverlariga
lokal tarmoqlar yoki telefon liniyalari orqali yuz millionlab
foydalanuvchilar ulana olishadi. Xar bir lokal yoki korporativ tarmoqda
odatda yuqori o‘tkazish qobilitiga ega liniyalar orqali Internet
tarmog‘iga doimiy ulangan (Internet serveri) kamida bitta kompyuter
mavjud bo‘ladi.