156
tarkibiga kirgan TCP/IP protokollari uchun birinchi standart ishlab
chiqildi, va shundan keyin xamma tarmoq foydalanuvchilari ushbu
yangi protokollarga o‘tishga majbur bo‘lishdi. Ushbu yil Internet
tarmog‘ining tug‘ilgan yili deb hisoblanadi
.
DARPA
ushbu
protokollarga o‘tishni yengillashtirish maqsadida Berkley Software
Design firmasi raxbariyatiga TCP/IP protokollarini Berkeley (BSD)
UNIX da tadbiq etish taklifi bilan murojaat qildi. Shunday UNIX va
TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha vaqtdan so‘ng TCP/IP xammaga
tushunarli oddiy standartga moslashtirildi, va Internet atamasi keng
qo‘llana boshlandi.
1983 yili ARPANET dan AQSh mudofaa vazirligining Defence
Data Network (DDN) ga taalluqli bo‘lgan MILNET ajralib chiqdi.
Internet atamasi MILNET va ARPANET ning birlashtirgan yagona
tarmoq uchun qo‘llanila boshlandi.
1984 yilda Internetga 1000 hisoblash mashinasi ulandi, 1989 yilda
– 100 ming ta, 1992 yilda esa 1 000 000 hisoblash mashinasi ulandi.
1992 yilda Tim Bernes-Li WWW - “Butun dunyo o‘rgimchak
to‘ri”ni kashf qildi. Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet
tarixida World Wide Web yaratilishi muxim axamiyat kasb etdi.
Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (SERN Jeneva) fizigi tomonidan
xamma fiziklar va boshqa olimlar tomonidan Internet tarmog‘ida
taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish g‘oyasi ilgari surildi.
O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Internet vositalari foydalanuvchilardan
tarmoq xaqida katta bilimga ega bo‘lishni talab etardi, shuning uchun
axborotni uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi. sERN
tomonidan WWW xususiyatlari nashr etilgandan so‘ng foydalanuvchilar
WWW mijozlari va serverlari uchun dasturiy ta’minot yozishni
boshlashdi, bu esa o‘z navbatida “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ni
xozirgi ko‘rinishiga olib keldi.
Internet tarmog‘i tarixida uchinchi muhim voqea bu NCSA Milliy
kompyuter ilovalari markazi dasturchilar guruhi tomonidan birinchi