oldingi tajriba boʻyicha marshrutlash, bunda yoʻnalishni tanlash
jadval boʻyicha bajariladi, lekin jadval kiruvchi portlarda paydo
boʻluvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish yordamida,
koʻprik negizida quriladi.
Eng koʻp tarqalgani, daptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi
hisoblanadi. Bu algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi oʻzgargandan soʻng
marshrutlash jadvalining avtomatik yangilanishini taʻminlaydi. Adaptiv
algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma marshrutizatorlarga
aloqalar konfiguratsiyalarining hamma oʻzgarishlarini operativ koʻrib
chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yigʻishga imkon
beradi. Adaptiv marshrutlashda marshrutlash jadvalida, odatda ushbu
yoʻnalish qancha amaliy boʻlib qolish vaqti oraligʻi toʻgʻrisida axborot
bor. Bu vaqt yoʻnalish xayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi.
Adaptiv algoritmal odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda
topologik axborotni yigʻib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan
marshrutizatorlar yoʻqligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma
marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.
Marshrutlashning adaptiv algoritmlari bir nechta muhim javob
berish kerak. Birinchidan, ular yoʻnalishning optimalligini taʻminlamasa
ham, uning maʻqulligini taʻminlash kerak. Ikkinchidan, algoritmlar
yetarli darajada oddiy boʻlishi kerak, ularni amalga oshirishda juda koʻp
tarmoq resurslari sarflanmasligi kerak. Oxirida marshrutlash algoritmlari
moslashuvchanlik xususiyatiga ega boʻlishlari kerak, yaʻni har doim
maʻlum bir vaqtda bir xil natijaga kelishi kerak.
191
Hisoblash tarmoqlarida hozirgi vaqtda qoʻllaniladigan yoʻnalish
axborotlari bilan almashuvchi adaptiv protokollar, oʻz navbatida ikki
guruhga boʻlinadi. Guruxlarning xar biri quyidagi algoritmlarning biri
bilan bogʻlangan:
-