Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

marshrutizator-
marshrutizator

marshrutizator-tarmoq 
tavsiflaridan iborat. 
Aloqalar holati algoritmlari asosidagi protokollar boʻlib, OSI 
stekining IS-IS protokoli (Intermediate System To Intermediate System),
TCP/IP stekining OSPF (Open Shortest Path First) protokoli va yaqinda 
amalga oshirilgan Novell stekining NLSP protokoli hisoblanadi. 
Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketlarni uzatish yoʻnalishini 
tanlash yoʻnalish jadvallari asosida bajariladi. IP protokolining oʻzi 
paketlarni uzatish toʻgʻri yoʻnalishini tanlashga imkon bermaydi. 
Toʻgʻri yoʻnalishni tanlash uchun ICMP, OSPF va RIP kabi 
boshqaruvchi axborotlarni almashish protokollarini ishlatishi kerak 
boʻladi. 
Bu protokollar ishning keyingi boʻlimida koʻrib chiqiladi. 
Marshrutlash algoritmlarida koʻrsatkich sifatida yoʻnalish uzunligi
mustaxkamlik, toʻxtalish, oʻtkazish yoʻlining kengligi va yuklanishni 
ishlatish mumkin. IP tarmoqlarida manzillash negizi paketlarni 
marshrutlashga imkon beradi. Bir qadamli marshrutlash oxirgi 
tugunlarda va marshrutizatorlarda default qatorini ishlatish xisobiga 
marshrutlash jadvali hajmini kamaytirishga imkon beradi. IP protokoli 
paketlarni uzatishning toʻgʻri yoʻnalishini tanlashga imkon bermaydi. 
Paketlarni uzatishning toʻgʻri yoʻnalishini tanlash boshqaruv axborotlari 
bilan almashish protokollari asosida bajariladi. 
 
4.3.4. ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli 
Boshqarish xabarlari bilan almashinuv protokoli ICMP (Internet 
Control 
Message 
Protocol). 
Marshrutizator 
oxirgi 
tuguncha. 
Marshrutizator ushbu tugundan kelgan bironta IP paketini uzatishda 
duch kelgan xatolar toʻgʻrisida xabar berishiga imkon beradi. Shuni 
aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar toʻgʻrisida xabar beruvchi, 
lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. Oxirgi tugun, xato boshqa 
takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qoʻllashi mumkin, lekin bu 
xarakatlar 
ICMP 
protokoli 
tomonidan 
belgilanmagan. 
ICMP 


193 
protokolining xar bir xabari tarmoq boʻyicha IP paket ichida uzatiladi. 
ICMP xabarlari bilan IP paketlari, boshqa xar qanday paketlar singari 
imtiyozsiz marshrutlanadi, shuning uchun ular xam yoʻqolishi mumkin. 
Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning 
qoʻshimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar toʻgʻrisida 
juda koʻp xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar toʻgʻrisidagi 
ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yoʻqolishi, ICMP ning yangi 
xabarlarini tugʻdirib chiqarmasligi kerak. 
ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning xar bir turi 
oʻz formatiga ega va ularning xammasi uchta umumiy maydondan 
boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, 
belgilovchi 8 bitli toʻla son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning 
belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yigʻindisini 16 bitli maydoni, 
(CHECKSUM). Bundan tashqari, ICMP xabari xar doim sarlavxa va 
xatoni keltirib chiqargan IP paketining birinchi 64 bit maʻlumotlarga 
ega. Bu tugun-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi uchun 
bajariladi, chunki TCP/IP steki –qoʻshma darajasidagi xamma 
protokollar oʻz xabarlarining birinchi 64 bitda taxlil qilish uchun eng 
muhim axborotga egalar. 
Maydon turi quyidagi 4.3.1-jadvaldagi belgilanishga ega:
4.3.1-jadval 

Download 7,35 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish