• Yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish.
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Kod 
    Sabab 

    Tarmoqqa yetishib boʻlmaydi 

    Tugun yetishib boʻlmaydi 

    Protokolga yetishib boʻlmaydi 

    Portga yetishib boʻlmaydi 

    Fragmentatsiya talab etiladi, 2F bit esa oʻrnatilgan

    Manba bergan yoʻnalishda xato

    Tayinlash tarmogʻi nomaʻlum 

    Tayinlash tuguni nomaʻlum 

    Tugun-manbaga ajratish 

    Tayinlash tarmogʻi bilan oʻzaro ishlash adminstrativ taʻqiqlangan 
    10 
    Tayinlash tuguni bilan oʻzaro ishlash adminstrativ taqiqlangan 
    11 
    Servisning berilgan sinfi uchun tarmoqqa erishib boʻlmaydi 
    12 
    Servisning berilgan sinfi uchun tugunga erishib boʻlmaydi 
    Marshrutizator qandaydir sabab bilan tarmoq boʻyicha 10 paketni 
    uzata olmasligini aniqlasa, tugun manbaga ICMP xabarini yuboradi va 
    keyingina paketni olib tashlydi. Xato sababidan tashqari ICMP xabari 
    yetkazib berilmagan paket sarlavxasini va maʻlumotlar maydonining 
    birinchi 64 bitini xam kiritadi. Tayinlash tarmogʻi yoki tuguniga
    apparaturaning vaqtincha ishdan chiqishi, yuboruvchi belgilangan 
    manzil notoʻgʻri koʻrsatkichga xamda marshrutizator belgilangan 


    195 
    tarmoqqa yoʻnalishi toʻgʻrisida maʻlumotga ega boʻlmaganda 
    erishilmasligi mumkin. Protokol va portga erishilmaslikdan tayinlash 
    tugunidagi qoʻshma darajaning qaysi bir protokolida amalga oshishishi 
    yoki UDP yoki TCP protokollarining ochiq porti yoʻqligini bildiradi. 
    Yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish.
    Kompyuterlarda 
    yoʻnalish jadvallari odatda statik hisoblanadi, chunki tarmoq 
    adminstratori tomonidan konfiguratsiyalanadi, marshrutizatorlarda esa 
    dinamik hisoblanadi, chunki yoʻnalish axborotlari bilan almashish 
    protokollari yordamida avtomatik tarzda shakillanadi. Shuning uchun 
    vaqt oʻtishi bilan, tarmoq topologiyasi oʻzgarganda kompyuterlarning 
    yoʻnalish jadvallari eskirishi mumkin. Bundan tashqari bu jadvallar 
    odatda 
    kam 
    axborotga 
    ega, 
    masalan, 
    faqat 
    bir 
    nechta 
    marshrutizatorlarning manzili.
    Kompyuterlar xatti-xarakatini tuzatish uchun marshrutizator 
    “yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish” (Redirect) deb nomlanuvchi 
    ICMP protokolining xabarini ishlatishi mumkin. 
    Ushbu xabar, marshrutizator kompyuterning tayinlangan tarmoqqa 
    paketni notoʻgʻri yuborilayotganini koʻrib qolgan xoldagina yuboriladi, 
    belgilangan tarmoqqa eng qisqa yoʻnalish boshlanadigan lokal tarmoq 
    marshrutizatoriga ega emas. 
    ICMP protokolini boshqa tomonga yoʻnaltirish mexanizmi, 
    kompyuterlarga uning lokal marshrutizatorlarining faqat IP-manzillarini 
    konfiguratsiya fayllarida asrashga imkon beradi. Boshqa tomonga 
    yoʻnaltirish xabarlari yordamida marshrutizatorlar kompyuterga, qaysi 
    marshrutizatorga u yoki bu tayinlangan tarmoq uchun paketlarni 
    joʻnatish zarurligi toʻgʻrisida unga kerakli axborotni xabar qilib turadi, 
    yaʻni marshrutizatorlar kompyuterga, yoʻnalish jadvallarining ularga 
    kerakli qismini uzatishadi. 
    Marshrutizator “yoʻnalishni boshqa tomonga yoʻnaltirish” xabariga 
    keyinchalik foydalaniladigan IP manzil va oʻz maʻlumotlar maydonining 
    birinchi 64 bitli dastlabki paket sarlavxasi joylashtiriladi.
    Paket sarlavxasidan tugun qaysi tarmoq uchun koʻrsatilgan 
    marshrutizatordan foydalanish kerakligini bilib oladi.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish