|
“tarmoq xavfsizligi”
|
bet | 102/144 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 10,58 Mb. | | #245858 |
Bog'liq “tarmoq xavfsizligi”Nazorat savollari
Manzillarni translatsiya qilish (NAT) usullarini keltiring?
Statik NAT Dinamik NAT dan qanday farqlanadi?
PAT ning ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Tarmoqda qanday turdagi manzillar mavjud.
9-laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlash va log fayllarni tadqiq etish
Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo’ljallangan:
tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlashni o’rganish;
Log fayllarni tadqiq etish. Syslog serverini sozlashni o’rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tarmoqni himoyalash protokollari SCP va SNMP
Oldingi ishlarda aytib ketilganidek, Telnet dan foydalanish juda xavfli. Chunki, bunda barcha ma’lumotlar ochiq ko’rinishda uzatiladi va buzg’unchi ularni osonlik bilan egallab olishi mumkin. Telnet ga alternativ sifatida SHH protokoli taklif qilingan bo’lib, unda barcha ma’lumotlar shifrlanadi. HTTP va HTTPS protokollarida ham shunga o’xshash holat.
Biroq, tarmoq qurilmalari bilan ishlashda yo’qorida keltirilgan protokollarga kamdan-kam murojat qilinadi. Quyida biz ularning ko’proq himoyalangan versiyalari hisoblangan yana bir nechta mashhur protokollarni ko’rib chiqamiz.
SCP
Tizim administratorlari oldida qurilmalarning proshivkalarini qayta yuklash bo’yicha vazifalar judayam tez-tez yuzaga keladi. Buning uchun qurilmaga yangi proshivkani “tashlash” kerak bo’ladi, bu odatda TFTP yoki FTP-server yordamida qilinadi. Texnologiya juda eski hisoblanadi, ammo bunday serverlar bir nechta harakat bilan kuchaytirilishi mumkin.
Ushbu protokollar (TFTP va FTP) yana qurilmalar konfiguratsiyalarini Zahira nusxalash uchun ko’p ishlatiladi. Shubhasiz ko’pchilik quyidagiga o’xshash buyruqlar bilan tanish:
|
| |