Tarmoqda raqobatchilikning kuchlari va ularning ta’siri




Download 261,29 Kb.
bet1/2
Sana07.09.2024
Hajmi261,29 Kb.
#270503
  1   2
Bog'liq
Мустақил иш Рухшона

Mavzu: Tarmoqda raqobatchilikning kuchlari va ularning ta’siri


Reja:
1.Taqmoqdagi raqobat va unga kirishdagi asosiy to’siqlar manbaalari.
2.Tarmoqdagi raqobatning turlari va uning paydo bo’lish omillari
3. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.
4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari.

«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:



  1. Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat.

  2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.

  3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi.

  4. Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.

  5. Xaridorlarni o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.

Bu tahlil korxona mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan. U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin. Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilik kuchi kirish tusiqlarining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli darajada bog’liqdir. Bunday tusiqlarning uchta asosiy manbayi bor:

  • xaridorlarning savdo markasiga sodiqligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);

  • xarajatlar bo’yicha mutloq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi bunday kompaniyalar uchun yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo’lgan katta ustunliklar beradi);

  • ko’lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo’ladilar).

U standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta miqdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va xokazolar bilan bog’liqdir. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi.
Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish mumkin:

    • tarmoqdagi raqobatning strukturasi;

    • talabning shart-sharoitlari;

    • tarmoqqa kirish tusiqlarning balandligi.

Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog’liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potentsial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko’proq bo’ladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir. Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar faoliyat ko’rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga javoban xarakat qilib, raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning narx urushi olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday xollarda kompaniyalar sifatdagi ustunliklar bo’yicha raqobatlashishga intiladilar, ya’ni raqobatchilik urushi savdo markasiga sodiqlik va narx urushi extimolini kamaytirish pozitsiyalaridan olib boriladi. Bunday taktikaning muvaffaqiyati tarmoqda mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog’liqdir. Tarmoqda talabning usib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor bilan birgalikda usib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ularga bo’lgan etiborni kuchaytiradi. Aksincha, o’sishning sekinlashishi raqobatni kuchaytirib yuboradi, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompaniyalardan tortib olish xisobigagina qo’lga kiritishlari mumkin bo’lib qoladi. SHunday qilib, talabning kamayishi - raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xatardir. Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish tusiqlari jiddiy xavfga aylanadi. CHiqish tusiqlari iqtisodiy va emotsional omillar bo’lib, ular kompaniyani daromadi juda kichik bo’lgan xollarda ham qo’llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo’ladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor to’rgan quvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yuboradilar. Odatda chiqish tusiqlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil yunalishlarga ishlatib bo’lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, asbob-uskunalarni tashlab yuborishga tug’ri keladi;
- chiqish qiymatining ishdan bushatiladigan ishchilarga to’lanadigan mablag’lar xisobiga qat’iy belgilab qo’yilganligi;
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi strategik o’zaro munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular o’rtasidagi integratsiya;
- tarmoqqa iqtisodiy bog’liqlik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan bo’lsa, u tarmoqda qolishga majburdir.
Tarmoqdagi Korxonaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning xayot tsikli mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal sur’atlar bilan o’sishi raqobat kuchlarini zaiflashtirib qo’yadi. Bu bosqichda ekspansiya va bozor sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo’ladi. O’sish sekinlashgan paytda raqobatning va ayniqsa narx raqobatining xavfi kuchayib ketadi. Yetuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx raqobatini narx peshqadamlarining kelishuvi xisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. SHuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori bo’ladi. Bu bosqichda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat katta rolьuynashi mumkin bo’lib, u mahsulotlarni tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muximdir. Tanazzul bosqichida vaziyat o’zgaradi. CHiqish tusiqlari yuqori bo’lsa, raqobat ayniqsa kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi. Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga bosim ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yul qo’yadilar.
Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar:
- yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, xaridorlar kam bo’lganda;
- xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;
- tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog’liq bo’lganda;
- xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobatini kuchaytiradi);
- xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va xokazo;
Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko’rsatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan mahsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bo’lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan bosim ayniqsa kuchli bo’ladi:
- yetkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lib, u kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda;
- tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi korxonalar uchun muxim bo’lmaganda;
- yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda;
- yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;
- sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim. Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra kuyidagilarga bo’lanadi:
1. SHavqatsiz raqobat
2. Intensiv raqobat
3. Meyordagi raqobat
4. Jalb qiluvchi zaif raqobat
Bozorga yangi kirib kelgan Korxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq:
Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar:

  • Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi:

  • Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar quyidagicha bo’ladi:

  • Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi Korxona esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)

  • Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo’qligi:

  • «O’qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi:

  • Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi:

  • Korxona xajmlariga bogliq bo’lmagan xarajatlarning teng emasligi:

  • Sotish kanallariga kira olish:

  • Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar)

  • Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik, maxalliy Korxonalarning majburiy qatnashishlari)

Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar
Bozordagi vaziyat tez-tez o’ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi Korxonalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat:
1. Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.
2. Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.
Bozorda eng ko’p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:

  • Iqtisodiy o’sishning o’zoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish:

  • Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi:

  • Yangi mahsulotlarni joriy qilish:

  • Texnologik o’zgarishlar:

  • Marketing tizimidagi o’zgarishlar:

  • Yirik Korxonalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:

  • NOU XAU ni tarqalishi:

  • Tarmoqlar globallashuvining o’sishi:

  • Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi:

  • Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi

  • Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri

  • Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi:

  • Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:

Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari
Tarmoqdagi raqobat tarkibini o’rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o’rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi korxonalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini to’zishdir. Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan Korxonalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy tahlili va xar bir Korxonaning bozordagi mavqeini bir biriga bog’laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va korxonalar strategik guruxlarga bo’linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo’lgan Korxonalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo’lsa strategik guruxlar soni xam shuncha bo’ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o’zining raqobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lishi lozim. Strategik guruxlar kartasini-to’zish tartibi quyidagicha:

  • Tarmoqdagi korxonalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi.

  • Kartaning o’qlari bo’ylab turli xarakteristiqalarni juftligi tushiriladi.

  • Kartaga korxonalar 2 o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga asosan joylashtiriladi.

  • Bitta strategik zonaga kirgan Korxonalar strategik guruxga birlashtiriladi.

  • Xar bir strategik gurux atrofida aylana chiziladi.

  • Aylananing diametri xar bir strategik guruxning bozordagi o’rniga proportsional bo’ladi.

Ana shu ko’rsatkichlardan foydalanib strategik guruxlarning o’lchamli kartasini to’zish mumkin. Bir tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan Korxonalarning nisbiy raqobat pozitsiyalarini o’rganish uchun strategik guruxlash jarayonlaridan foydalaniladi. Bir strategik guruxdagi kompaniyalar mahsulotlar diapazonining kengligi, tovar xarakati kanallaridan foydalanish usullari; uxshash texnologik yondashuvlar, vertikal integratsiyalanish darajasi, servisning va texnologik xizmat ko’rsatish xarakteri kabi turli belgilar bo’yicha birlashishlari mumkin. Tarmoqda bozorga nisbatan strategik yondashuvlari bir xil bo’lgan bitta strategik gurux mavjud bo’lishi mumkin. Strategik guruxlar xaritasini to’zish va Korxonalarni u yoki bu gurux tarkibiga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Tarmoqdagi Korxonalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristiqalar aniqlanadi (narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi, mahsulot nomenklaturasi va xokazo).
2. Korxonalarning holati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan xususiyatlari bo’yicha).
3. Bir strategik sohaga to’gri keladigan Korxonalar aniqlanadi.
4. Xar bir guruxning tarmoqdagi umumiy savdo xajmidagi ulushi aniqlanadi. SHunday qilib, tarmoqni strategik guruxlashning yuqorida aytib o’tilgan ikki o’lchovli xaritasi yasaladi.
Agar jiddiy tafovutlar ikkitadan ortiq bo’lmasa, bir necha xarita to’zish maqsadga muvofiqdir. Turli strategik guruxlar bir-biriga qanchalik yaqin joylashgan bo’lsa, ular o’rtasidagi raqobat shunchalik kuchli bo’ladi. Eng yaqin raqobatchilarning fel-atvorini o’rganish muximdir. Raqobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday yul tutishini bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish mumkin emas. Raqobatchilar nima qilmoqda va nima qilmoqchi - bu savollarga javob topish kompaniyaning strategik faoliyati uchun nixoyatda muximdir, aks xolda u xar doim mudofaa pozitsiyasida bo’lishga majbur bo’ladi. Odatda, raqobatchilarning maqsadlari va strategiyalari xaqidagi ma’lumotlarni ushbu jadval yordamida umumlashtirish muayyan raqobatchilik xatarlari va pozitsiyalarini baholash uchun yetarlidir. Korxonalarning raqobatdagi kelgusi pozitsiyalarini baholash uchun etiborni ularning bozordagi o’z axvolini yaxshilash imkoniyatlariga qaratish lozim. Agressiv raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidirlar. O’z maqsadiga erishgan raqobatchilar o’zlarining xozirgi strategiyasini amalga oshirishda davom etadilar. Bezovta va moliyaviy jixatdan og’ir axvolda qolgan raqiblar xujumchi yoki mudofaachi sifatida yangi-yangi strategik xatti-xarakatlarga o’tishlari mumkin. SHu munosabat bilan o’zingizni ushbu kompaniya menejerlarining o’rniga qo’yib ko’rishingiz va ularning qanday yul tutishlarini muloxaza qilib ko’rishingiz mumkin.


Download 261,29 Kb.
  1   2




Download 261,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqda raqobatchilikning kuchlari va ularning ta’siri

Download 261,29 Kb.