• 2. AYRIM TURDAGI HIMOYa VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA ULARDAN FOYDALANISh QOIDALARI 2.1. Elektr himoya vositalari Umumiy nizomlar
  • Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy qoidalari




    Download 1,33 Mb.
    bet5/33
    Sana28.01.2024
    Hajmi1,33 Mb.
    #147463
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    374 29.11.2001

    Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy qoidalari
    1.2.19. Ma’lum kuchlanishga mo‘ljallangan elektr himoya vositalaridan kuchlanishi ushbu miqdordan katta bo‘lmagan elektr uskunalaridagina belgilangan maqsadda foydalanish lozim.
    1.2.20. Asosiy elektr himoya vositalari yopiq xonalarda o‘rnatilgan elektr uskunalarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan, ochiq elektr uskunalari va havo elektr uzatish tarmoqlarida esa faqat quruq havo sharoitlarida ishlatishga mo‘ljallangan. Ochiq havodagi namgarchilik paytlarida ushbu sharoitlarga mo‘ljallangan himoya vositalaridan foydalanish lozim.
    Himoya vositalarini tayyorlash, sinash va ishlatish, faqat belgilangan davlat standartlari, texnik shartlar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
    1.2.21. Himoya vositalarini ishlatishdan oldin, ishchi ushbu himoya vositalarini ishga yaroqliligi, tashqi tomonida shikastlangan joyi yo‘qligi, changdan tozalab artilgan holda, unga bosilgan shtampga asosan, yaroqlilik muddatini tekshirishi lozim. Dielektrik qo‘lqoplar ishlatishdan oldin ularni barmoqlari tomon burab, teshigi bor-yo‘qligini tekshirib olish zarur. Ishga yaroqlilik muddati o‘tib ketgan himoya vositalaridan foydalanish man qilinadi.
    2. AYRIM TURDAGI HIMOYa VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA ULARDAN FOYDALANISh QOIDALARI
    2.1. Elektr himoya vositalari
    Umumiy nizomlar
    2.1.1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarining izolatsiyalovchi qismi dastak tomonidan elektr izolatsiyalovchi materialdan qilingan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi. Ajratgich halqaning tashqi diametri dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq bo‘lishi kerak. Izolatsiyalovchi qism bilan dastak chegarasini faqat bo‘yoq bilan ajratib qo‘yish man qilinadi. Ajratgich halqa esa izolatsiyalovchi qismning bir bo‘lagi hisoblanadi. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga mos kelishi lozim.
    Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa yoki tirgovichni tashqarisidagi izolatsiyalovchi qismiga tegish man qilinadi.
    2.1.2. Elektroizolatsiyalovchi trubkadan qilingan himoya vositalari konstruksiyasida trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‘rilgan bo‘lishi zarur. Ushbu talab izolatsiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas.
    2.1.3. Shtanga va kuchlanish ko‘rsatgichlarning konstruksiyasi va ishchi qismining o‘lchamlari uskunalarning (qutblari) fazalari orasida va ularni yerga ulangan qismiga nisbatan tutashuviga imkon bermasligi darkor.
    2.1.4. Izolatsiyalovchi himoya vositalarining loklangan yuzasi buzilgan yoki boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda ularni ishlatish man qilinadi.
    2.1.5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida izolatsiyalovchi shtangalar (o‘lchov shtangalaridan tashqari) yerga ulash uchun, izolatsiyalarni changdan tozalash uchun izolatsiyalovchi qisqichlar, elektr o‘lchovchi va kuchlanish ko‘rsatgichlaridan dielektrik qo‘lqop kiyib foydalanish zarur. O‘lchov shtangalari bilan ishlaganda dielektrik qo‘lqopdan foydalanish zarur emas.

    Download 1,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy qoidalari

    Download 1,33 Mb.