|
Tasdiqlayman” adchti rektori V v. b. D. A. Rustamov 2023 yil andijon davlat chet tillari institutida 2023-yilda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kompleks yo‘l xaritasi
|
bet | 13/26 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 64,61 Kb. | | #104784 |
Bog'liq 1-ilova Ta\'lim sifati yul xarita oxirgi2023-yil iyun
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i v.b. K.Karimov
|
|
14
|
Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy salohiyatni oshirish
|
Kafedralarda mavjud doktorant, stajyor-tadqiqotchilar va erkin izlanuvchilarning dissertatsiyalarini bajarish holati bo‘yicha oylik monitoringini olib borish.
2023-yil har oy davomida
Ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Sotvoldiyev
|
1. Mutaxassislik kafedralarida mavjud jami 14 nafar doktorant va stajer-tadqiqotchilar hamda 42 nafar erkin izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarilish holati bo‘yicha oylik monitoringi institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan olib borilib, 1-chorak yakunida har bir doktorant va erkin izlanuvchilar hamda ularning ilmiy rahbarlari ishtirokida dissertatsiyani bajarish bo‘yicha prezentatsiyon nutqi tarzida hisiboti tinglandi.
Olib borilgan monitoring ishlarning samarali natijasi sifatida 2023-yil yanvar-mart oylarida institutning jami 7 nafar tadqiqotchilari respublikadagi oliy ta‘lim muassasalari huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi kengash va ularning qoshidagi ilmiy seminarda dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va muhokamadan o‘tkazgan bo‘lsa, 12 nafar erkin izlanuvchilar kafedra muhokamasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
|
Institutda 2 nafar fan doktori (DSc) va 15 nafar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyalari, professor va dotsent ilmiy unvonlari olib institut ilmiy salohiyatini 32% ga olib chiqish.
2023-yil oktyabr oyigacha
Ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Sotvoldiyev
|
2. Institutda ilmiy salohiyatni oshirish bilan ilm-fan, ta’lim va ilmiy innovatsiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqot ishlar samaradorligini rivojlantirish maqsadida tegishli rejali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2022-yil dekabr holatiga institutda 47 nafar DSc va PhD ilmiy darajaga ega pedagoglar bo‘lib ilmiy salohiyat 24.8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yil yanvar-mart oylarida jami 8 ta DSc va PhD dissertatsiya himoyalari o‘tkazilib ilmiy salohiyat 29.1 foizga yetkazildi.
O‘z navbatida, institutda 1-chorak mobaynida 1 ta professor va 3 ta dotsent ilmiy unvonlarini olishga erishilgan bo‘lsa, 2023-yilning 2-choragi uchun qo‘shimcha ravishda 2 ta professor va 6 ta dotsent unvonlarini olish yuzasidan Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlar yuborildi.
Bundan tashqari, institutda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va tadqiqotchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida OAK rayosatining 2022-yil 29-dekabrdagi №330/2-sonli yig‘ilish qaroriga asosan 3 ta ixtisoslik bo‘yicha Andijon davlat chet tillari instituti huzurida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli ilmiy kengash o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, 3 ta mutaxassislik va chet (ingliz/nemis) tili fanlaridan malakaviy imtixonlar o‘tkazib kelinmoqda.
|
15
|
Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini jahon standartlariga moslashtirish uchun xorijiy hamkor oliy va ilmiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda bajarishni tashkil etish:
|
Institut kafedralarining jami 4 nafar doktorant va erkin izlanuvchilariga Turkiyaning Gazi universiteti hamda Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universitetidagi yuqori ilmiy salohiyatga professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilar biriktirish.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tasdiqlayman” adchti rektori V v. b. D. A. Rustamov 2023 yil andijon davlat chet tillari institutida 2023-yilda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kompleks yo‘l xaritasi
|