• MAVZU: Til va tafakkur. Ularning ozaro munosavati. Tilning ijtimoiy mohiyati. REJA: 1. Til va tafakkur tushunchalarini farqlash.
  • Tayanch soz va iboralar
  • O’qituvchi uchun adabiyotlar




    Download 1.88 Mb.
    bet6/143
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.88 Mb.
    #4327
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
    4. Yangi mavzuni tushuntirish: bu bosqichda o'qituvchu o'quv dasturiga asoslanib, o'quvchilarga kerakli bilim doirasi bo'yicha mavzuni tushuntiradi va o'quvchilar ma'ruzaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o'quvchilar hamkorligida ularning flkrlashi uehun yo'llanmalar berib ishlaydi.

    MAVZU: Til va tafakkur. Ularning o'zaro munosavati. Tilning ijtimoiy mohiyati.
    REJA:
    1. Til va tafakkur tushunchalarini farqlash.

    2. Til va nutqning o'ziga xos xususiyatlari.

    3. So'z deganda nimani tushuniladi?

    4. Mashhur kishilar til haqida.
    Tayanch so'z va iboralar: Nutq, nutq motivi, ichki belgi, tashqi belgi, ma'no, shakl, til vositalari, til, gap qurilishi, tnunosavat ifodasi, grammatik normalar, tafakkur, adabiy til, milliy madaniyat shakli, inson nutqi, fikrlash, nutqiy faoliyat, til va tafakkut munosavali.
    Tafakkur so'zi aslida arab tilidan olingan bo'lib, "fikrlar", "ong", "fikrlash", "fikr yuritish", "o'ylash", "mulohaza" kabi ma'nolarni ahglatadi.

    Tafakkur falsafiy kategoriyalardan biri bo'lib, tilshunoslikda u ijtimoiy hodisa sifatida o'rganiladi. Tafakkur biz ko'rib turgan zohiriy olamning inson miyasida umumlash aksidir.

    Til esa insonning so'zlash, gapirish qobiliyati, fikr ifodalash va o'zaro aloqa qilish vositasi bo'lib xizmat qiladigan tovushlar, so'zlar va grammatik vositalar tizimidir.

    Demak, odam avval tashqi yoki ichki borliqni ongi bilan anglaydi. So'ngra o'sha anglagan narsasini til vositasi yordamida ifoda etadi. Agar tafakkur bo'lmasa so'zimizga ma'no kirmaydi, gapimiz bema'ni tus oladi. Agar til bo'lmasa, fikrimiz, o'y-xayolimizni sunvatdoshimishga yetkaza olmaymiz. Til va tafakkur bir-biriga bog'liq hodisadir. Lekin, ular boshqa-boshqa faoliyat yuritadi, turli vazifalarni vajaradi.

    Til umumisoniy imkoniyat bo'lsa-da, har bir tilning milliy shakli mavjud. Masalan, o'zbek xalqining so'zlashishi, firklash tarsi, fikr bildirishi, nutq odobi kabi madaniyati o'zbek tilida namoyon bo'ladi. Uning ma'naviy boyliklari va tafakkur mevalarini o'zida aks ettiradi.

    Fikrimiz isboti uchun o'zbekcha tafakkur tarzini boshqa millatlat fikrlashiga qiyoslaymiz: ozbekcha fikrlash jarayonida avval katta hajmli, katta yoshli, katta ahamiyatli narsalar oldin keladai. Shuning uchun sana aytilayotganda sentabrning 1- kuni deymiz, 2-sentabr deyish esa ko'proq ingliz, rus tafakkur tarzi hisoblanadi.

    Har qanday kishi atrof borliqni ko'radi, eshitadi, his etadi, ta'm biladi. Ana shu ma'lumotlar uning ongida aks eladi. O'sha aks etgan narsani vayon qilish uchun til vositalari - tovush, morfema, bo'g'in, soz, gap kabilardan foydalanamiz. Tushuncha ongda tug'iladi. U tafakkur mahsuli, ammo uni tashqi olamga chiqarmoqchi bo'lsak, alvatta til vositalaridan foydalanamiz: aytamiz, so'zlaymiz, gapiramiz - bunda tovush, fonema, so'z va gaplardan foydalanamiz. Boshqa hollatlarda yozuvdan ham foydalfnishimiz mumkin. Bular til va tafakkurning o'zaro munosavatlaridir.

    Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurdagi fikrlar va ma'naviy ne'matlarni zamon va makonda avadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqazo etadi. Bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. Tafakkur faqat insonlarga xos xususiyatdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog'liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalarini tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo'ladi. Bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo'ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikir almashishiga imkon tug'diradi. "Nutq" so’zi arabchadan olingan bo'lib, fikrni so'z orqali ifodalash qobiliyati, mahoratidir. Til so'zlashish vositasi, ya'ni nutq sifatida namoyon bo'lgandagina ma'lum vazifani vajaradi. Nutq til unsurlari-tovush, harf, bo'g'in, so'z, sintagma, gap, matn kabilardan nutqiy jarayonda foydalanish natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til vositalari nutqni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi farqlarini ajratish mumkin:

    1. Til aloqa materiali bo'lsa, nutq aloqa shaklidir. 2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir kishi yarata oladi. 3. Tilning hayoti xalq, millatning hayoti, taraqqiyoti bilan bog'liq boladi. Nutqning, ayniqsa, og'zaki nutqning davomiyligi qisqa bo'ladi. Ya'ni gapirib bo'lishimiz bilan nutq tugaydi. Ammo yozma nutqning umri nisvatan uzoqroq bo'lishi mumkin. 4. Til anchayin turg'un, varqaror bo'ladi. Nutq esa doimo harakatda bo'lib, o'zgaruvchan hodisa sanaladi. 5. Tilning hajmi noaniq, uni taxmin qilish mumkin xolos. Nutqning hajmi aniq u monolog, dialog, polilog yoki matn shaklida bo'lishi mumkin.

    Nutqni amalga oshirish uchun so'zlovchi tildan foydalanadi. Nutq kishining kimligini, psixologiyasini, madaniyatini, kayfiyatini belgilaydi. Til esa bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun chiroyli, odob bilan so'zlasn varcha zamonlarda qadrlangan. Tarixiy shaxslar bu haqda o'z fikrlarini bildirishgan. Masalan, Insonni so'z ayladi jido hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q andin. (A.Navoiy) 1. Ki har neni bilmish odamizod, Tafakkur birla qilmish odamizod. (A. Navoiy) 2. So'zni ko'p so'zlamay, sizlab, ayt, oz-oz, Tuman so'z tugunin shu bir so'zda yoz. (Yusuf Xos Hojib) 3. Kishi so'ztufayli bo'ladimalik, Ortiq so'z bu boshni etadi egik. (Yusuf Xos Hojib) 4. Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar, Har nechaki ag'yor durur yor aylar. So'z qattig'i el ko'nglig'a ozor aylar, Yumshog'i ko'ngullarni giriftor aylar. (A.Navoiy) 5. Ona tilim, sen borsan shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuni, shubhasiz, Men ham toti bolib qolaman. (A.Oripov).

    So'z deganda tovush yoki tovushlardan iborat, biror ma'noni ifodalovchi nutq birligi, gap bol'gi tushuniladi. So'zning ma'no jihaldan qo'llanishi, turlari keng bo'lib, ular ysama so'z, tub so’z, kirish sozi, qo'shma so'z, juft so'z, so'zning o'zagi, m&al, maqol, ibora, nutq, gap kabi ma'nolarda kclishi mumkin.

    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.

    1.Til deganda nimani tushunasiz?

    2. Tafakkur haqida nimalar bilasiz?

    3. Til va nutqning o'ziga xos xususiyatlari ayting?

    4. Mashhur kishilar til haqida.

    5. So'zga ta'rif bering.

    6. Mustaqil ravishda avval og'zaki, so'ngra yozma nutq namunasi tuzing. Nutqinizdagi so'zlarni ma'no jihatdan tahlil qiling.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat
    1. A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK. 2002 yil. 2. G’.Abdurahmonov. H. Rustamov. Onatili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yil. 3. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. "O'qituvchi" 1981 yil. 4. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH. Yusupova. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomifagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil. 5. Yo'ldosh Solijonov. NUTQ VA USLUB. Toshkent. "CHO’LPON" nashruyoti. 2002 yil. 6. O'zbektili va adabiyoti jurnali 2005 yil. 3-son. 121-bet.

    "Til va tafakkur. Ularning o'zaro munosavati. Tilning ijtimoiy mohiyati" mavzusidagi uslubiy qo'llanmaga ilova



    NAZOKAT

    Qiz bolalarning yurish-turishi, gap-so'zi nazokatli, dilvar bo'lsin. Bundaylarga ortiqcha harakat, qo'pol qo'l siltashlar yarashmaydi.

    Nazokat, dilvarlik deganda muloyimlik, nozik xatti-harakat, yumshoqlik tushuniladi. Qattiq gapirish, qattiq kulish, qo'llarni sillab, hammani o'ziga qaratib turish nazokatdan yiroqdir. Darhaqiqat, tili shirin, chehrasi gulgun qiz-ayollar o'z oilasining vaxtu saodati, ota-onasininig faxri bo'libgina qolmay, o'z elining ko'rki hamdir.

    Demak, qizlarda, ayol kishida, birinchi navvatda aql-u farosat, idrok-u


    nazokat bo'lishi kerak. Ana shu bilan u past-valandni, achiq-chuchukni,
    bor-yo'qni, oila sharoitini, imkoniytlarni fahmlay oladi, idrok etadi, aql-hush bilan ish yurgizib, kam-kostlami vartaraf qiladi. Zotan, ayollargaxos bo'lgan o'lmas nazokat atrofdagilarga hamisha qanot vag'ishlab kelgani haqida hayotda misollar bisyor.

    Nazokat hamisha mehr bulog'idan suv ichadi. (115 ta soz.)




    Download 1.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




    Download 1.88 Mb.