Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish prinsiplari




Download 1.06 Mb.
bet14/79
Sana07.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#80540
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev
1, Didaktikaning predmeti va uning vazifalari, 1.Dars ishlanma.Dilnoza
3.2. Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish prinsiplari


Ayrim guruhlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishi uchun ularga mansubli birliklar soni yetarli miqdorda bo’lishi kerak.
Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo’lmasligi) bo’lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko’rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o’zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo’ladi.

Guruhlar soni ko’p - variantli yechim asosida belgilanishi ke-rak.
Guruhlar sonini to’g’ri belgilash guruhlash samarali bo’lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko’pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo’l hisoblanadi.
Ayrim darsliklarda3[4] guruhlar sonini G.A. Sterjess formulasi va G. Bruks hamda N. Karuzers formulasi Kq5lgN (bu yerda: lg - o’nlik logarifm, ln - natural logarifm, N-berilgan to’plam birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash tavsiya etilgan. Ammo bu formulalar variasion qatorlarni tuzish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardan to’plam birliklar soni 100 dan ko’proq N100 va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish mumkin. Formulalardan foydalanish uchun yana bir shart- ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli o’zgaruvchan qiymatlarga ega bo’lishi kerak.

Guruhlar oralig’ining chegarasi - bu ayrim guruhlarga tegishli birliklar sonini to’g’-ri aniqlash garovidir.
Guruhlar oralig’ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, ko’payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu yerda: Xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati;
Xmin -uning eng kichik qiymati, K-tuziladigan guruhlar soni.
Guruhlar oralig’i teng bo’lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to’ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan to’plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo’li bilan ajratiladi, ya’ni m q N:k
Bu yerda: m - harbir guruhga tegishli birliklar soni;
N-umumiy to’plam birliklari soni;
k-tuziladigan guruhlar soni.
Buning uchun dastlab to’plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo’yicha ularning qatori (ro’yxati) tuziladi, so’ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar tuziladi.


Download 1.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Download 1.06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish prinsiplari

Download 1.06 Mb.