Tasdiqlayman” O‘zbekiston Respublikasi IIV jxd yhxx boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik




Download 25.82 Kb.
Sana24.05.2023
Hajmi25.82 Kb.
#64223
Bog'liq
8-мавзу
Moliya bozori modellari va ular qo llanish xususiyatlari, Ischanov

TASDIQLAYMAN”


O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX boshlig‘i o‘rinbosari,
polkovnik
E.X. Bozorov
2023 yil “___” fevral


REJA-KONSPEKT


8-MAVZU: TA’LIM VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASI ISTIQBOLI

Ta’kidlash kerakki, pande­miya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. UNES­COning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha


1,7 milliard o‘quvchi darslar to‘xtatilgani bois an’anaviy o‘qishdan mahrum bo‘lishdi. Shundan so‘ng avval ishlamagan, joriy etilsa-da, foydalanilmay turgan zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘llashga majbur bo‘lindi. Ta’lim muassa­salarining aksariyati to‘liq raqamli ta’limga o‘tishdi.
Bugun ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga o‘tgan bo‘lsa-da, axborot texnologiyalari imkoniyatidan keng foydalanish, sohani raqamlashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab va akademik litsey o‘quvchilari, talabalar va AT sohasida bilim olishni xohlovchilar uchun virtual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham masofaviy ta’lim platformalari, mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib, onlayn darslar tashkil etilmoqda.
Individual foydalanish uchun elektron darsliklar keng joriy etilmoqda. Muhimi, masofaviy ta’lim va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilim olish imkoniyatini kengaytiryapti. O‘quvchi yoki talaba o‘ziga qulay vaqtda, uyidan chiqmasdan turib, individual o‘qituvchidan saboq olyapti. Imtihonlar ham masofadan turib o‘tkazilmoqda.
Bugun ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalarning qanchalik samara berayotganini ko‘pchiligimiz ko‘rib, his qilib turibmiz. O‘zingiz o‘ylang, bir paytlar mamlakatimizning chekka bir hududi­da yashaydigan abituriyent poytaxtdagi qaysidir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi uchun kelib-ketishida qanchalik ovora bo‘lardi. Keyin titul varag‘ini olishi uchun yana, imtihon kuni va imtihon javobi chiqqandan keyin yana va yana Toshkentga bo­rishiga to‘g‘ri kelardi. Bu sargardonlik uchun qan­cha vaqt, qancha mablag‘ ketishini faqat shunday kunlarni boshidan o‘tkazganlar biladi. Bugun esa o‘sha kunlar tarixda qoldi. Hozir respublikamizning eng chekka hududida yashaydigan yoshlar ham uyidan chiqmay turib, birvarakayi­ga
4–5 ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi, imtihon natijalarini ham o‘tirgan joyi­da bilish imkoni bor.
Avval ota-ona farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ko‘plab qog‘ozlar to‘g‘rilashi, bir-necha kun ovora bo‘lib bog‘chaga borishi, kamiga, kimnidir rozi qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, bugun bola elektron ro‘y­xatga olinyapti. Navbati kelgach, yashash joyiga yaqin hududdagi MTTga joylashtiriladi. Yaqin kunlarda umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomalarning ham elektron shaklda berilishini ana shunday qulayliklar sirasiga kiritish mumkin. Joriy etilayotgan tartibga ko‘ra, 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan elektron shahodatnomalar o‘zbek va ingliz tillarida bo‘ladi. Bitiruv­chilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. Endi o‘zingiz o‘ylang, bu kabi qulayliklar evaziga budjetning qancha mablag‘i, qancha qog‘oz va vaqt tejaladi?! Korrupsiya degan illat kamayib, shaffoflik yuzaga keladi. Bularning hammasi ta’lim sohasiga joriy etilayotgan axborot texnologiyalari samarasidir.
Maktab ta’limida oxirgi yillarda bo‘lgan eng katta o‘zgarish sifatida o‘quvchilarni baholash jarayoni onlayn platformaga o‘tkazilgani va shu sabab qog‘oz jurnal, kundaliklardan voz kechilganini aytish mumkin. Soha vakillarining aytishicha, bu o‘zgarish qog‘ozbozlikni 70 foizgacha qisqartirgan. Fan olimpiadalari shaffof va haqqoniy tizimga aylantirilganini e’tirof etish mumkin.
Ma’lumki, ko‘pgina rivoj­langan davlatlar ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanib kelmoqda. Aksariyat rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida maktab darsliklaridan voz kechib, o‘quvchilar elektron darsliklardan foyda­lanib kelishayotga­niga ancha bo‘ldi. Masa­lan, shu tartibga o‘tgan, ta’limda yaxshi natijalarga erishayotgan Finlandiya­da o‘quv dasturlarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishida an’anaviy darsliklar bilan bir qatorda, innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilgan elektron qo‘llanmalardan ham keng foydalaniladi. Mamlakatdagi aksariyat maktablar 2017-yildan dars vaqtida ruchkadan voz kechishgan. Dars jarayonida to‘liq kompyuter va planshetlardan foyda­laniladi.
Basharti mamlakatimizda ham darsliklar elektron shaklga o‘tkazilsa, davlatning, xalqning qanchadan qancha puli iqtisod qilinardi. Shuning uchun ta’limda axborot texnologiyala­ridan keng foydalanishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda. Xo‘sh, bu­ning uchun nimalar qi­lish kerak? Birinchidan, albatta, mamlakatimizda internet infratuzilmasini yaxshilash, mobil operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshi­rish, eng muhimi, aholining, ayniqsa, yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirishiga shart-sharoitlar hamda imtiyoz­lar yaratib berish lozim.
Shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish vositalari va masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, laboratoriyalar
va boshqalarni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish shart.
Bundan tashqari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib bo­rish ham muhimdir. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta’lim sifatini tushirmagan holda, yoshlarning bugungi kun talabi darajasida bilim olishiga erishamiz.




IIV JXD YHXX KB
katta psixologi,
mayor G.M. Malikova


2023 yil “___” fevral
Download 25.82 Kb.




Download 25.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasdiqlayman” O‘zbekiston Respublikasi IIV jxd yhxx boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik

Download 25.82 Kb.