O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari




Download 6,48 Mb.
bet14/33
Sana06.10.2024
Hajmi6,48 Mb.
#273777
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari.

1 . Elektron ta‘limda rivojlanishini talabalarning raqamli dunyoda o’zini erkin tutishi, ya‘ni kerakli ma‘lumotlarni yuklab olishi, tahlil qilishi, onlayn kontentlardan erkin foydalana olish qobiliyatida ko’rishimiz mumkin. Vaqt o’tgan sayin ushbu tendensiyaga texnologiyalarni qo’llash asosida an‘anaviy ta‘limning hohlagan turi, metodi, ta‘lim berish usulini kiritishimiz mumkin.


2016 yil Campus Technology o’qituvchilar o’rtasida ―Texnologiyalarni qo’llab dars o’tish mavzusida so’rovnoma o’tkazilib, bunda 71% o’qituvchilar an‘anaviy ta‘lim bilan birga onlayn manbalardan foydalanishini aytganlar. Elektron ta‘lim (adaptiv ta‘lim, onlayn ta‘lim modullarini qo’llash) afzalliklarini an‘anaviy ta‘lim ijtimoiy texnologilari va media resurslarini birgalikda qo’llanilishida ko’rishimiz mumkin. Maqsad esa talabalarning demografik guruh va ijtimoiylashuvidan kelib chiqqan holda ularning ehtiyojlarini hisobga olib ta‘lim modelini ishlab chiqish. Tendensiyani yanada rivojlantirish uchun OTMda talabalar ta‘limi uchun shartsharoitlar yaratilishi kerak. Masalan, Reyerson universitetining arxitektor-talabalari virtual reallik garniturasini o’zlarining hajmi katta loyiha eskizlari uchun qo’llamoqdalar. Ko’pgina o’qituvchilar o’quv jarayonini internet bilan bog’lasalarda, kuzatuvchilarning fikricha aralash ta‘limda internetning ham roli bor, bunda talaba individual yondashuvga ega bo’ladi. Elektron ta‘lim muammosi yechimi “NMC Horizon Hisoboti- OTM” nashriyotining oxirgi 5 yillik tendensiyalari ro’yxatiga kiritilgan. Londondagi Imper tibbiyot kolleji talabalari an‘anaviy va onlayn ta‘limni birgalikdagi qo’llanilishiga asoslangan ikkita tajribada ishtirok etdilar. Talabalar video ma‘ruzani ko’rib, vazifalarni bajarish imkoniyatini mavjudligini yuqori baholadilar. Talabalar ushbu model tushunarli animatsiyalar bilan yaxshi tizimlashtirilgani va o’z-o’zini baholashda interaraktiv savollarga egaligini aytib o’tishddi. Amerika OTMlari ham qabul qilingan yechim auditoriyada va auditoriyadan tashqarida amalga oshirsa bo’ladi degan fikrdalar. Yurist-talabalarga esa aralash ta‘lim ma‘ruza va materiallarni internetda ko’rish imkonini beradi, bundan tashqari murakkab savollarga javob topish uchun ham vaqt yetadi deb aytmoqdalar. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, an‘anaviy ta‘lim tizimiga nisbatan real vaqt tizimidagi masofaviy ta‘lim tizimida o’qitish samaradorligi yuqoriroqdir (Means, Toyama, Merfi, Bakiya va Jons, 2013). Real vaqt tizimidagi masofaviy o’qitish tizimida video ma‘ruzalardan foydalanish eng samarali o’qitish usulidir. Misol keltiradigan bo’lsak, Vang (2008) Tayvand davlatida 10 yil meditsina sohasida o’qib, onlaynda o’qitilayotgan tibbiyot bo’yicha video ma‘ruzalar yordamida aholi orasida tibbiy xizmatni yaxshilanganligini aytadi. Yana bir misol, Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Chung Ang universitetida har bir fan bo’yicha onlayn elektron sinfi (e-class) mavjud. Fanga qatnashishga ro’yxadan o’tgan talaba elektron sinfga ham kirish huquqiga ega bo’ladi. Ushbu elektron sinfda nafaqat Microsoft Power Point dasturida qilingan prezentatsiyalar balki, video ma‘ruzalar, uy vazifasi topshiriqlari ham mavjud. Mashg’ulotga ma‘lum sabab bilan qatnasha olmagan yoki darsni yaxshi o’zlashtira olmagan talaba elektron sinfga kirib video ma‘ruzalardan foydalanishi mumkin.
Elektron axborot resurslari ta‘limga oid axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat bo’lib, u ta‘limga oid turli axborotlarning yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog’liq:
- ichki omillarbu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
- tashqi omillar — bu ETning texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. ETdan foydalanish esa, ular bilan muloqotda foydalanuvchilarning ko’nikma va malakalariga bog’liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o’zi nimaligini bilib olish muhim sanaladi.
2. Zamonaviy o’quv elektron nashrlarni murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga ajratishni talab etadi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham elektron va dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:

Download 6,48 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Download 6,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari

Download 6,48 Mb.