• Informatika va AT
  • Globallashuv
  • Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil




    Download 6,48 Mb.
    bet10/33
    Sana06.10.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #273777
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
    Bog'liq
    3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

    Matematika-o‘quv predmeti insonning intellektini, diqqatini
    rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani
    tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va
    tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning
    asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
    Informatika va AT - o‘quv predmetini o‘qitish ilmiy-texnik jihatdan yanada rivojlanish uchun raqamli iqtisodning ustuvorligini e’tiborga oladi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining raqamli texnologiyalar borasidagi kompetensiyasi va madaniyatini hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati va kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Tabiat hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishda Informatika va AT qonunlarini amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, olamning yagona manzarasiga oid tafakkur, informatika va axborot texnologiyalari fanida olgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan kundalik hayot faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biridir.
    Globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart
    masalalarni ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan yoshlarni
    tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari
    zarur, bolalarda bunday fikrlash modellari maktab yoshida shakllanadi.
    Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng
    foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va
    barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning
    muhim omili. Yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar
    tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va
    ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv,
    operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy
    izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol
    o‘ynaydi.
    Innovatsion iqtisodiyotda zamonaviy AKT ni yuqori darajada bilish,
    raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish va rivojlantirish qobiliyati o‘ta muhim
    omil sifatida qaraladi. Informatika va AT o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi
    bilimlarni amaliyotga joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy
    madaniyatning turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos
    ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida
    amaliy muammolarning innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq
    etish imkonini beradi.

    Download 6,48 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil

    Download 6,48 Mb.