Yangiliklar, ilmiy izlanishlar, ilmiy metodik maqolalar, anjuman materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish




Download 6,48 Mb.
bet7/33
Sana06.10.2024
Hajmi6,48 Mb.
#273777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

2. Yangiliklar, ilmiy izlanishlar, ilmiy metodik maqolalar, anjuman materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish.
Aniq fanlar blok-moduli o‘z ichiga matematika, informatika va axborot
texnologiyalari o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda mazkur fanlarning
o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. O‘quvchilarning matematik madaniyati, matematika fanidan ilmiy jihatdan boxabarligi ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, tafakkurini rivojlantirishda zarur bo‘lgan amaliy muammolarni hal qilish, funksional bilimdonlik, mantiqiy fikrlash, shuningdek, insonning umumiy madaniyatini shakllantirishda Informatika va axborot texnologiyalari hamda matematika, fanlari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi aniq fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga ta’sirini tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi.
Axborot texnologiyalari usullari va vositalarini o‘zlashtirish, muammolarni hal qilish layoqatini shakllantirish, real ob’ektlar va jarayonlarning axborot modellarini qo‘llash, tahlil qilish va o‘zgartirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Algoritmik va hisoblash vositasi orqali fikrlash va kompyuter modellari orqali intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, kompyuter texnologiyalari orqali axborot jarayonlarini amalga oshirishni ko‘rib chiqish, kompyuter tizimlari va modellari bilan ishlash, axborotni himoya qilish usullarini o‘rganish, interaktiv kompyuter modellari yordamida rivojlantirishdan iborat.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’limning biror o’quv fanini to‘liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu borada pedagogika markazi mutaxassislari A.Avloniy nomidagi pedagoglani kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti va Respublika ta’lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o‘yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo‘llanmalardan ayni vaqtda ko‘plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o‘quv-trening vazifasini o‘tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o‘qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o‘z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o‘quvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o‘z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.

Download 6,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Download 6,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangiliklar, ilmiy izlanishlar, ilmiy metodik maqolalar, anjuman materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish

Download 6,48 Mb.