• 2. Yangiliklar, ilmiy izlanishlar, ilmiy metodik maqolalar, anjuman materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish 3
  • 1.Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning huquqiy asoslari
  • 2023-yil “15”-dekabr, 70-xdfu-son buyrug‘i “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda tabaqalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish”.
  • -mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari




    Download 6,48 Mb.
    bet6/33
    Sana06.10.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #273777
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

    1-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari
    (2 soat ma’ruza).


    Reja:
    1. Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning huquqiy asoslari
    2. Yangiliklar, ilmiy izlanishlar, ilmiy metodik maqolalar, anjuman materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish


    3. O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari

    Tayanch iboralar: Me’yoriy huquqiy hujjatlar, axborot texnologiyalari, konsepsiya.

    1.Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning huquqiy asoslari
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim – tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadblrlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”ga 2020-yil 6-noyabr PQ-4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 20-yanvardagi 18-sonli buyrug‘i asosida yaratilgan bo‘lib, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bо‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi pedagog kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
    1. Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga aylantirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarori “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni (keyingi o‘rinlarda - xalq ta’limi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o'rta ta'limning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
    Mazkur qarordan koʻzlangan asosiy maqsad xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida oʻqish” tamoyili asosida takomillashtirishdan iborat.
    Loyihaga koʻra xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga taʼlimning kredit-modul tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi “Xalq taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash belgilangan.
    Shuningdek, xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining tuzilmasi, xalq taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi toʻgʻrisida nizom, xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish va Reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash koʻzda tutilgan.
    Qaror loyihasining qabul qilinishi xalq taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi tizimini yoʻlga qoʻyish, ularning “hayot davomida oʻqish” tamoyili asosida doimiy ravishda oʻz kasb saviyalarini takomillashtirib borish va sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish imkoniyatini beradi.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-sonli bayoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi “Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishni tashkil qilish to‘g‘risida” 540-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, tabaqalashtirilgan holda malaka oshirish tizimini joriy etish uchun tabaqalashgan o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-sonli bayoni 21-bandi ijrosini ta’minlash, pedagog kadrlarning kasbiy mahorati diagnostikasi va bilim ko‘rsatkichlari natijalarini inobatga olgan holda, tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish amalga oshirildi.
    3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil “15”-dekabr, 70-xdfu-son buyrug‘i “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda tabaqalashgan ta’lim dasturlarini joriy etish”.
    Ushbu buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilar qabul qilindi.
    Pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha tabaqalashgan ta’lim dasturlarining davomiyligi va ta’lim olish shakllari 1-ilovaga muvofiq;
    uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining tayanch o‘quv rejalari 2-ilovaga muvofiq;
    uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.
    2024-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarning tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini samarali tashkil etsin.



    Download 6,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 6,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari

    Download 6,48 Mb.