|
Ta’lim texnologiyasi STEAM
|
bet | 9/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1Ta’lim texnologiyasi STEAM aniq fanlar blok-modulida
o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot
bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda
o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga
yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan
qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu texnologiyani amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning maketini yaratish va uni amaliyotda ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi.
Aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan
amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga
undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish
o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Aniq fanlarni o‘qitishda nafaqat ularning o‘zaro ichki, balki tashqi,
ya’ni turdosh blok-modullar tarkibiga kiruvchi fanlar bilan integratsiyasi ham
katta ahamiyatga ega. Jumladan, quyidagi fan yo‘nalishlari bilan o‘zaro
chambarchas aloqalari muhim hisoblanadi:
Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar tabiiy va iqtisodiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda, yozma va og‘zaki ravishda o‘z qarashlarini ravon bayon etish malakalarini hosil qilishda, ilmiy atamalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda baxs-munozaralar jarayonida erkin uloqot qilishga o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi.
Tarix o‘quv predmeti tabiiy va iqtisodiy fanlar bilan ham bevosita
bog‘langan. Ilm-fan yutuqlarining ishlab chiqarish sohalari, iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlarining rivojlanishi va atrof-muhit holatiga ta’sirini ko‘rsatishda
tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati kattadir.
|
| |