birinchi yil – 12 soat mustaqil ta’lim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda;
ikkinchi yil – 12 soat mustaqil ta’lim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malaka oshirish;
uchinchi yil – 12 soat mustaqil ta’lim, 36 soat ishlab chiqarishdan ajralgan holda.
III-TABAQA INFORMATIKA VA AT FANINING ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALGAN HOLDA TA’LIM OLISH SHAKLIDAGI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING ISHCHI OʻQUV REJASI
Malaka yoʻnalishi:
Umumiy oʻrta maktablari Informatika va AT fani oʻqituvchilari
Т/r
|
Oʻquv modullari
|
Umumiy oʻquv yuklama hajmi
|
Oʻquv mashgʻulotlari
(soatlari)
|
Jami soat
|
Ishdan ajralgan
|
Mustaqil ta’lim
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashgʻulot
|
I
|
Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish
|
14
|
12
|
2
|
8
|
4
|
1.1
|
Tarbiya metodikasi asoslari
|
2
|
2
|
|
2
|
|
1.2
|
Ta’limda ilgʻor xorijiy tajribalar
|
6
|
4
|
2
|
2
|
2
|
1.3
|
Ta’limda raqamli texnologiyalar
|
4
|
4
|
|
2
|
2
|
1.4
|
Inklyuziv ta’lim asoslari
|
2
|
2
|
|
2
|
|
II
|
Mutaxassislik fanlari
|
34
|
24
|
10
|
4
|
20
|
2.1
|
Informatika va AT fanining nazariy-amaliy asoslari
|
6
|
4
|
2
|
2
|
2
|
2.2
|
Oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari
|
16
|
12
|
4
|
|
12
|
2.3
|
4-K koʻnikmalarini shakllantirish metodikasi
|
10
|
6
|
4
|
2
|
4
|
2.4
|
Tanlov fan
|
2
|
2
|
|
|
2
|
Jami:
|
48
|
36
|
12
|
12
|
24
|
Ushbu tayanch oʻquv reja asosida Milliy markazi direktori tomonidan tasdiqlanadigan ishchi oʻquv rejalar tuziladi. Bunda:
- oʻquv rejadagi bloklar va oʻquv modullarining nomlanishini, shuningdek mashg`ulot turlariga (nazariy, amaliy mashg`ulot, mustaqil ta`lim)
- malaka oshirish kursi tinglovchilarining kurs yakunidagi natijalari oʻquv modullari boʻyicha jamlangan umumiy kredit ballari hamda yakuniy nazorat
- uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida umumiy oʻrta ta`lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning
- axborot texnologiyalarini oʻqitish boʻyicha amaliy mashg`ulotlar 10-13 nafargacha tinglovchi boʻlgan kichik guruhlarda oʻtkaziladi;
- mustaqil ta`lim fan yoʻnalishidan kelib chiqib ishchi oʻquv dasturda keltirilgan talablar asosida tashkil etiladi va baholanadi.
II. MUTAXASSISLIK FANLARI
2.1. Mutaxassislik fanlari nazariy-amaliy asoslari
T/r
|
Modul mavzulari
|
O‘quv mashg‘ulotlar
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
1.
|
Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari
|
2
|
2
|
|
2.
|
Informatika va axborot texnologiyalari fan dasturida belgilangan kompetensiyalar va hayotiy koʻnikmalarini amaliyotga tatbiq etish.
|
2
|
|
2
|
Jami
|
4
|
2
|
2
|
NAZARIY MASHG‘ULOT MAZMUNI
1-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari va amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari. (2 soat ma’ruza).
Informatika va axborot texnologiyalari fanini asosiy nazariyalari, ularni amaliyotga tatbiq etishning samarali usul hamda vositalari. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, ilmiy metodik maqolalar, anjuman materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish. O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Yoshga doir pedagogika, psixologiya asoslari, bolalar bilan ishlash usul va metodlari. Ilmiy kompetensiyalarni shakllantirish.
2-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fan dasturida belgilangan kompetensiyalar va hayotiy koʻnikmalarini amaliyotga tatbiq etish. (2 soat amaliy)
Informatika va axborot texnologiyalari fan dasturida belgilangan kompetensiyalar va hayotiy koʻnikmalarini amaliyotga tatbiq etish. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida hamda Milliy o‘quv dasturida belgilangan o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullarni amaliyotga tatbiq etishning samarali yo‘llari. O‘quv dasturining mazmuni mos keladigan samarali usullarini tanlash, interfaol metodlarni qo‘llash. Pedagogik va psixologik bilimlardan foydalanib pedagogik vaziyat va hodisalarni kuzatib borish, ularni tahlil qilish.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini fanga singdirish. Dars vaqtini oqilona rejalashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarini aniqlash. O‘quv reja va davlat ta’lim standartlari, shuningdek, maktab ishi bilan bog‘liq boshqa hujjatlar (ta’lim tizimining tuzilishi, maqsad-vazifalari, huquqiy asoslari va faoliyati). Yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, o‘quv qo‘llanmalar, mobil ilovalar, multimediya maxsulotlari, maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlinedu, Raqamli darsliklar….) orqali amalga oshirish. Fanga oid o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, darslilar hamda ularning tahlili.
MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
“SWOT-TAHLIL” METOD
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlash, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Namuna: Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining tahlilini ushbu jadvalga tushiring.
S
|
Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining kuchli tomonlari
|
|
W
|
Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarining kuchsiz tomonlari
|
|
O
|
Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuv-
larining imkoniyatlari (ichki)
|
|
T
|
Rivojlantiruvchi ta’lim yondashuvlarini amalda qo‘llashdagi to‘siqlar
(tashqi)
|
|
“Keys-stadi” metodi
«Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda vaziyat sifatida ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan tahlil uchun foydalanish mumkin.
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida qo‘llanilsa, metod xarakteriga ega bo‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o‘zida aks ettiradi
“Keys stadi” metodini amalga oshirish bosqichlari
Ish bosqichlari
|
Faoliyat shakli va mazmuni
|
1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish
|
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
keys bilan tanishish (matnli, audio yoki media shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash
|
2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‘quv topshirig‘ini belgilash
|
individual va guruhda ishlash;
muammolarning dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni belgilash
|
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish
|
individual va guruhda ishlash;
muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish;
har bir yechimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;
muqobil yechimlarni tanlash
|
4-bosqich: Keys yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.
|
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy aspektlarini yoritish
|
“Keys-stadi” metodining o‘ziga xos xususiyatlari:
izlanishga doir faoliyatning mavjud bo‘lishi;
jamoaviy va guruhlarda o‘qitish;
individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi; xilma-xil o‘quv loyihalarini ishlab chiqish;
muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish; keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilar savollar bo‘yicha faoliyatni qamrab oladi: kim? (who?), qachon? (when?), qaerda? (where?), nima uchun? (why?), qanday?G‘ qanaqa? (how?), nima? (natija) (what?).
Keys. 10-sinf darsligining sizga taqdim etilgan bitta mavzusi materiallari bo‘yicha keys topshirig‘ini tuzing. Bu keys asosida o‘tiladigan dars loyihasini yarating, taqdimot tayyorlang va uni namoyish eting. «FSMU» metodi
Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metoddan mavzuni mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif
etiladi; har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
“FSMU” METODI
|