|
O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi
|
bet | 15/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi:
- o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra;
- maqsadiga ko’ra;
- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra;
- matnning tashkil etilishiga ko’ra;
- ifoda etilish shakliga ko’ra .
Elektron nashrlar quyidago turlarga bo’linadi:
- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra;
- asosiy axborot tabiatiga ko’ra;
- maqsadiga ko’ra;
- tarqatilish texnologoyasiga ko’ra;
- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra;
- davriyligiga ko’ra;
- strukturasiga ko’ra .
O’quv nashrlarining to’rt xil turini o’z ichiga oluvchi tipologik modeli elementlariga quyidagilar kiradi:
Dasturiy-uslubiy (o’quv rejasi va dasturlari);
O’quv-uslubiy (uslubiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar);
O’qituvchi (darsliklar,o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari);
Y ordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to’plamlari).
Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi elektron o’quv nashrlari bo’lmish - test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko’ra elektron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar) Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud. Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv nashrlar konveksion (ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy (dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli (muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal(sanab o’tilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi.
Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
bosma o’quv nashrning elektron analogi mos o’quv bosma nashrning elektron nusxasi;
mustaqil elektron o’quv nashr – bosma ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv nashr;
Yaratilish texnologiyasiga ko’ra elektron nashrlar pedagogik, o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, trenajerlar, modellashttirish, o’quv jarayonini boshqarish, o’quv maqsadidagi dasturlar yaratish, kasb tanlash va rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish uchun mo’ljallangan turlarga bo’linadi.
Elektron o’quv nashrlarining mazmuni zamonaviy o’qitish texnologiyalariga mos bo’lishi, o’quv jarayonida kompyuter texnikasidan aktiv foydalanish zarurati hisobga olinishi kerak. Elektron o’quv nashrlari tarix ta’limida.
|
| |