|
Tasdiqlayman” Pedagogika markazi direktori “ ” 2024-yil
|
bet | 23/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1Internet resurslari
1.http://www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazi sayti
2. http://www.gov.uz
3. http://www.lex.uz
4.http:// www.oecd.org/yedu/pisa – Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (Organization for Yeconomic Cooperation and Development, OECD) sayti
2-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fan dasturida belgilangan kompetensiyalar va hayotiy koʻnikmalarni amaliyotga tatbiq etish (2 soat amaliy).
Reja:
1. Umumiy o‘rta ta’limning DTS hamda Milliy o‘quv dasturida belgilangan o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish
2. O‘quv dasturining mazmuni mos keladigan samarali usullarini tanlash va interfaol metodlarni qo‘llash
3.Yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, o‘quv qo‘llanmalar, mobil ilovalar, multimediya maxsulotlari, maxsus elektron tizimlar
Tayanch iboralar: kommunikatsiya, texnologiya, an’anaviy ta’lim, zamonaviy ta’lim, dastur, darslik.
1. Umumiy o‘rta ta’limning DTS hamda Milliy o‘quv dasturida belgilangan o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun hizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash tog‘risida”gi PF-134-sonli farmoni bilan tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni asosida qabul qilingan “ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2025-yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda raqamlashtirilgan muhitda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylandi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘nggi yillarda jamiyatni o‘zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar Kompetensiyasilarining kasbiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarning past darajadagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan foydalanish malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag‘batning kamligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
Jamiyatda raqamli texnologiyalarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa barcha sohalarni rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda kechikish milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan geosiyosiy raqobat sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin.
Xususan, jamiyatda kutilayotgan raqamli texnologiyalar sharoitida umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” fanini o‘qitish o‘quvchilarda kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyasi, innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda maktabdan keyingi ta’lim bosqichi yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan tayanch kompetensiyasiyasi va dunyoqarashni shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirgan umumta’lim maktablari bitiruvchilari mustaqil hayot va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida innovatsion tadqiqot va hayotiy muammolarni yechish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, bir so‘z bilan aytganda kreativ va innovatsion, yuqori raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda “yetakchi” rolni bajarishi zarur.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Izrail, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham “Informatika va axborot texnologiyalari” fani umumiy ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichi va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.
|
| |