• 3.Yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, o‘quv qo‘llanmalar, mobil ilovalar, multimediya maxsulotlari, maxsus elektron tizimlar
  • Mustaqil ishlar metodlari




    Download 6,48 Mb.
    bet31/33
    Sana06.10.2024
    Hajmi6,48 Mb.
    #273777
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1

    Mustaqil ishlar metodlari. Mustaqil ishlar ta’limning barcha bosqichlarida o‘tkaziladigan, o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intellektual va amaliy topshiriqlardir. Hozirgi paytda mustaqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
    Darslikdagi qoidalar va ta’riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta’rifni o‘qish va ularga oid omillarni ajratish; o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra to‘plangan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim sahifalarini tanlab o‘qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo‘lllari to‘g‘risida qisqacha hisobot tayyorlash; qoida, ta’riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga qo‘shimcha adabiyotlardan o‘rganilgan mavzu doirasida material to‘plash; ma’ruza, hikoya, suhbat paytida o‘qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta’riflarni solishtirish.
    Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlarni o‘zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; labaratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasini tuzish.
    3.Yangi avlod darsliklari, mashq daftarlari, o‘quv qo‘llanmalar, mobil ilovalar, multimediya maxsulotlari, maxsus elektron tizimlar
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘nggi yillarda jamiyatni o‘zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiyinfratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining kasbiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarning past darajadagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan foydalanish malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag‘batning kamligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
    Jamiyatda raqamli texnologiyalarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa barcha sohalarni rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda kechikish milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan geosiyosiy raqobat sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin.
    Xususan, jamiyatda kutilayotgan raqamli texnologiyalar sharoitida umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” fanini o‘qitish o‘quvchilarda kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyasi, innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda maktabdan keyingi ta’lim bosqichi yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan tayanch kompetensiyasiyasi va dunyoqarashini shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi.
    Shu o‘rinda umumta’lim maktablarining informatika va AT fani o‘quvchilari hamda o‘qituvchilariga darsliklardan tashqari qo‘shimcha foydalanish uchun o‘qituvchi kitoblari, metodik qo‘llanmalar, mediaresurslar kerak bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda ularning dunyo qarashini kengaytirish, Internetdan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, bu borada o‘qituvchilarning muhim o‘rinlari ahamiyatlidir.
    Informika va AT fanini rivojlantirish uchun fanga alohida veb-sayt www.dr.rtm.uz ishga tushirilgan bo‘lib, fanga qo‘shimcha foydalanish uchun kontentlar joylashtirib boriladi.

    Saytdan foydalanishda turli xil yo‘nalishlar mavjud bo‘lib bular:



    • Darsliklarning elektron variantlari;

    • Mavzular yuzasidan taqdimotlar;

    • Video kontentlar;

    • Metodikaga oid qo‘llanmalarning elektron variantlari;



    • Coding club;

    • Softlar;

    • Power Point shablonlari;

    • Foydali resurslar;

    • Turli xil tanlovlar;

    • Test toplamlari;

    • Fonetika.


    Bundan tashqari, ushbu saytdan informatika va AT fanidan tashqari turli xil boshqa turdagi darsliklarning electron varinatlarini ham olishingiz mumkin.

    Darsliklarni va qo‘shimcha metodik qo‘llanmalarni mavjud bo‘lib, turli tillarda ham joylangan.

    Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan darslarni yuqori saviyada tashkil etish uchun mavzularga taqdimotlar tayyorlashlari uchun turli ko‘rinishdagi shablonlar berilgan bo‘lib ulardan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

    Fan o‘qituvchilari darslarni mazmunli tashkil etishlari uchun sinflar kesimida mavzulashtirishgan dars taqdimot ishlanmalari ham ushbu saytga joylangan.

    Informatika va AT fanini o‘qitishning konseptual asoslari sifatida shuni qayd etish joizki, informatika fanini zamonaviy talablar asosida o‘rganish:
    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hayotiy muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash va boshqarish kabi universal faoliyatlarni o‘zlashtirish;
    raqamli jamiyatdagi masalalarini yechish mahoratini namoyon qilish orqali samarador texnologiyalarni tanlash;
    kreativ fikrlash va innovatsion faoliyat yuritish ko‘nikmasini shakllantirish orqali maqsadli axborot tizimlarini va mehnatga ta’sir o‘tkazishning innovatsion uslublarini yaratish;
    ta’lim jarayonida har xil kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali mustaqil hayotda zarur bo‘ladigan bo‘lajak kasbni to‘g‘ri tanlash;
    mehnat qilish, yangi bilimlarni egallash, mukamallikka erishish uchun raqamli texnologiyalar asosida o‘z ustida mustaqil ishlash va amaliy faoliyat yuritish;
    tez o‘zgaradigan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchan, noaniq vaziyatlarda mustaqil ta’lim olishga tayyor va umri davomida tahsil oladigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
    Shu o‘rinda mustaqil foydalanishlari uchun qo‘shimcha havolalar ham mavjud:

    http://www.avloniy.uz/oz
    http://www.uzedu.uz
    http://www.ziyonet.uz
    http://www.rtm.uz
    http://www.gov.uz
    http://www.bilimdon.uz
    http://www.connect.uz
    http://www.yilnoma.uz
    http://www.lex.uz
    http://www.pedagog.uz
    http://www.teacher.ruz
    http://www.eduportal.uz
    http://www.edunet.uz
    Informatika va AT o‘quv predmeti – umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotga joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy muammolarning innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish imkonini beradi.

    Download 6,48 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 6,48 Mb.