|
FK-fanga oid kompetensiyalar
|
bet | 25/33 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 6,48 Mb. | | #273777 |
Bog'liq 3-tabaqa Informatika fanining nazariy amaliy asoslari 2.1FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1-axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
FK2-axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
FK3-axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
MILLIY O‘QUV DASTURINING AFZALLIKLARI NIMADA?
Mavzularni o‘rganishda spiralsimon ketma-ketlikdan foydalanishi, bunda o‘quvchilar mavzularni soddaroq tarzda boshlab, bosqichma bosqich murakkablashtirilgan tizimni o‘qiy boshlaydi. Misol uchun: Ms Word dasturini boshqang‘ich qismini 5-sinfda o‘rgansa, 6-sinfda murakkabroq bo‘lgan qismlarini o‘rganadi.
O‘quvchi faoliyati natijalariga qo‘yiladigan malaka talablar sinflar kesimida ajratilishi, bunda o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablarning tog‘ri qo‘yilishi bilan avzalliklarini aytish mumkin. O‘quvchilar endilikda o‘zlariga qo‘yilgan minimal talablarini egallaydi va standart ko‘rinishida bilimlarni o‘zlashtiradi.
SТEАМ – fanlararo integratsiyasi ta’minlanganligi, bunda o‘quvchilar kundalik faoliyatidan kelib chiqgan holda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladi va kreativ fikrlashiga olib keladi. Fanlararo integratsiya qiladi. Matematika, fizika, informatika va AT fanlarini bir biri bilan bog‘liqlik jihatlarini, masalaga yondashishda ushbu fanlardan ham foydalanish kerak ekanligini tushunib yetadi.
O‘qituvchi kitobida har bir mavzuni o‘qitishda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi ilg‘or metodlar berilganligi bois, o‘qituvchilar mavzularni o‘tishda zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi kitoblari muhim ahamiyatga ega.
O‘quv tadqiqotlarni o‘tkazish uchun amaliy mashg‘ulotlar va loyiha ishlariga alohida soatlar ajratilishi umumta’lim maktabi o‘quvchilarini nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lagan holda loyihalarni tashkil qo‘l keladi. Bunda o‘qituvchilar o‘quvchilarni amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam berishlari lozim.
Milliy baholash tizimi yaratilganligi. Milliy o‘quv dasturini afzalliklaridan biri ham bu uning standartlardan kelib chiqib baholashida. Bunda o‘quvchilarni olgan bilimlarini minimal talablarini bajargan o‘quvchilarni topshiriqlardan kelib chiqgan holda baholashlari kerak bo‘ladi.
Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi – TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.
Umumiy o‘rta ta’limning MO‘D o‘quv-me’yoriy hujjatlari: o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari, o‘qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, darsliklar, o‘qituvchilar uchun qo‘llanma – O‘qituvchi kitoblari, o‘quvchi ish daftari, o‘quv-metodik materiallari ta’lim resurslarini (shu jumladan texnik va ilmiy manbalarni) ishlab chiqish, takomillashtirish va rivojlantirish uchun asos bo‘ladi. U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or xalqaro davlatlarning darsliklari o‘rganildi “Cambridge University” nashriyoti tomonidan nashr etilgan, 5-11-sinflar uchun mo‘ljallangan “ICT Starters” darslik majmualari o‘rganilib chiqildi.
Yangi avlod darsliklari yaratilish davrida ushbu darsliklarning strukturalari moslashtirildi, darsliklarning tashqi va ichki ko‘rinishlari ham o‘zgartirildi.
Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, pirovardida taʼlim sohasiga nisbatan yangi talablarni qoʻymoqda.
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
– Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari, umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat boʻladi, – deydi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mehriniso Pardayeva. – Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.
Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi 2021–2022- oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026–2027- oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy masʼuliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning taʼlim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba toʻplaydi va uni oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi. Shunday ekan, darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eʼtiborsizlik tufayli unda yoʻl qoʻyilgan birgina xato ulgʻayib kelayotgan oʻquvchi hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Yurtimizda taʼlim tizimi, xususan, darsliklarga Prezident darajasida diqqat-eʼtibor qaratilayotgani zamirida katta maqsad va maʼno mujassam.
|
| |